Gruntlarning mexanik xossalari reja: Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari


Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi



Yüklə 20,06 Kb.
səhifə4/4
tarix24.10.2023
ölçüsü20,06 Kb.
#130819
1   2   3   4
Gruntlarning mexanik xossalari reja Gruntlarning zichlanish ko’-fayllar.org

^ Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi. Sof qum, tosh yoki shag’aldan tashkil topgan gruntlarning mustahkamligi, asosan ularning qattiq zarrachalari orasidagi ichki ishqalanish kuchlariga bog’liqdir. Chunki, zarrachalar orasidagi bog’lanish (tishlashish) kuchlari bunday gruntlarda juda kichik va ularning ta‘sirini inobatga olmasa ham bo’ladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi (siljishga qarshiligi) asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sof sochiluvchan gruntlar uchun с = f(p) bog’lanishining grafigi 4.6 – rasm (a) da ko’rsatilgan va uning analitik ko’rinishi quyidagicha:
с = p tg  , (4.20)

bu yerda tg = f – ishqalanish koeffitsienti;  - ichki ishqalanish burchagi.


(4.20)-bog’lanish 1773-yilda frantsuz olimi Sh.Kulon tomonidan o’rnatilgan bo’lib, siljishga qarshilik va normal kuchlanishlar orasida to’g’ri mutanosiblikni tavsiflovchi ushbu bog’lanish Kulon qonuni deb ataladi.
Sochiluvchan gruntlarning tarkibida ko’pincha, chang va gil singari mayda zarrachalar ham mavjud bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, grunt qattiq zarrachalarining qisman tishlashishiga olib keladi. Agar bunday gruntni sinash natijalari bo’yicha с = f(p) bog’lanishining grafigi qurilsa, u 4.6-rasm(b) dagi kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Ushbu bog’lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:

с = p tg  + се , (4.21)

bu yerda се – zarrachalar orasidagi bog’lanish miqdorini baholovchi solishtirma tishlashish kuchi.
4.6 – rasm. Gruntlarniing siljishga qarshilik bog’lanishlari: a – sof sochiluvchan gruntlarda; b – chang va gil aralashmali sochiluvchan gruntlarda; с – gilli gruntlarda
Tajribalarning ko’rsatishicha, zarrachalari kuchsiz bog’langan sochiluvchan gruntlarda se ning qiymati asosan ularning g’ovakligiga bog’liqdir. Sochiluvchan gruntlarning siljishga qarshiligi ularning namlanish darajasiga bog’liq emas.
^ Gilli gruntlarning siljishga qarshiligi. Gil, sog’ va qumok tuproqlarda mineral qattiq zarrachalar bir biri bilan u yoki bu darajada o’zaro bog’langan bo’ladi. Bog’lanish kuchlari o’z navbatida, gruntning namligi va zichlanish darajasiga bog’liqdir. Bunda namlik ta‘siri konsistentsiya ko’rsatkichi orqali, zichlanish darajasi esa g’ovaklik koeffitsienti yordamida hisobga olinadi.
Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, gilli gruntlar zarrachalari orasidagi solishtirma tishlashish kuchining qiymati, zarrachalari kuchsiz bog’langan sochiluvchan gruntlarnikiga qaraganda birmuncha yuqori bo’lib (4.6-rasm, с), gilli gruntlarning siljishga qarshiligi:

с = p tg  + с , (4.22)


bu yerda с – gruntning konsistentsiya ko’rsatkichi va g’ovaklik koeffitsientiga bog’liq bo’lgan solishtirma tishlashish kuchi.
Xulosa
Poydevor zaminidagi gruntlar o’zining xususiy og’irligi va inshootdan uzatiladigan yuklar ta‘sirida, ma‘lum darajada zo’riqgan holatda bo’ladi. Gruntning xususiy og’irligidan hosil bo’ladigan bosim tabiiy bosim deyiladi. Chuqurlik oshgan sayin bu bosimning qiymati ham ortib boradi.
Inshootdan uzatiladigan yuklar zamindagi gruntda qo’shimcha bosimni yuzaga keltiradi. Tabiiy va qo’shimcha bosimlar ta‘sirida grunt qatlamlarida normal() va urinma() kuchlanishlar hosil bo’ladi. Normal kuchlanishlar gruntning zichlanishiga, urinma kuchlanishlar esa grunt qatlamlarining o’zaro siljishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ma‘lumki, grunt zarrachalari tishlashish yoki ishqalanish kuchlari hisobiga bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Agar normal va urinma kuchlanishlar zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning o’zaro siljishi yoki surilishi hisobiga deformatsiyalanish (zichlanish yoki siljish) sodir bo’ladi.
Deformatsiyalanishi bo’yicha gruntlar elastiko-plastik jismlar turiga kiradi. Grunt zarrachalari, ularning sirtidagi bog’langan suv va qamralgan havo elastik deformatsiyalanadi. Plastik (qoldiq) deformatsiyalanish, asosan gruntdagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga sodir bo’ladi. Bunda, g’ovaklardagi suv yoki havo pufakchalari qisman yoki butunlay siqib chiqarilishi mumkin.


http://fayllar.org
Yüklə 20,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin