Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalarning chiqib ketishi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə102/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Asosiy vositalarning chiqib ketishi. Asosiy vositalar qiymati chiqib ketishda balansdan chiqarilishi lozim.
Asosiy vositalar qiymati korxona balansidan quyidagilar natijasida chiqariladi:
- tugatilganda;
- sotilganda;
- ayirboshlanganda;
- bepul o’tkazilganda;
- ustav sarmoyasiga ta’sischi qo’yilmasi sifatida berilganda;
- moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha berilganda;
- kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda;
- ta’sischi ta’sischilar tarkibidan chiqqanda;
- nodavlat notijorat tashkilot mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida berilganda.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi tegishincha ob’ektning tugatilgan qismining boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalarning chiqarilishidan moliyaviy natija (foyda va zarar) asosiy vositalarni chiqarishdan tushgan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymati, asosiy vositalarning chiqarilishi bilan bog’liq bilvosita soliqlar va xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalarning ilgarigi qayta baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar qiymatining ilgarigi qayta baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi va bir vaqtning o’zida 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” hisobvarag’i bo’yicha rezerv kapital kamayadi.
Asosiy vositalarni inventarlash. Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarlash o’tkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Asosiy vositalarni inventarlash O’zR MV tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O’zR 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil qilish va o’tkazish”da (AVda ro’yxat raqami 833, 1999 yil 2 noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Inventarlash chog’ida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarlash vaqtida kamomadi fakti aniqlangan etishmayotgan asosiy vositalar aybdor shaxslar aniqlangan kunga qadar kamomadlar hisobga olinadigan hisobvaraqda aks ettiriladi.
Quyida asosiy vositalarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning asosiy vositalar tarkibiga o’tkazilishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0810 “Tugallanmagan qurilish”.
2) Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha olingan ob’ektlarning asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
3) Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan ob’ektlarning moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar”.
4) Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan yoki aktsiyalarga to’lov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
5) Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 8530 “Tekinga olingan mulk”.
6) Asosiy vositalarning ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan kelib tushishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
7) Qo’shimcha qurish, uskunalar o’rnatish, modernizatsiya, rekonstruktsiya qilish va boshqa sifat jihatidan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlang’ich qiymatining ko’payishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0890 “Boshqa kapital qo’yilmalar”.
8) Yerni obodonlashtirish bilan bog’liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish:
D 0111 “Yerni obodonlashtirish”
K 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo’yilmalar”.
9) Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bilan bog’liq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish:
D 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”
K 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar”.
10) Ishchi va mahsuldor hayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi:
D 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar”
K 0840 “Asosiy podani tashkil qilish”.
11) Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”;
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
12) Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini hisobdan chiqarish:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
13) Ajratilgan bo’linmalarga asosiy vositalarning berilishi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
14) Qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar:
D 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin