Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə117/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli. Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayishini anglatadi.
Mazkur usulga ko’ra teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki karra amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang’ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga bog’liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki karra me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Amortizatsiyaning ikki karra me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu ob’ektlarning balans (qoldiq) qiymati ularning tugatish qiymatiga teng bo’lgan vaqtdan boshlab tugatiladi.
Korxonalar tomonidan ikki karra me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiyaning tezlashtirilgan omili quyidagi holatlarda qo’llanilishi mumkin:
1) zararli muhitda va (yoki) ko’p smenada faoliyat uchun ishlatiladigan asosiy vositalarga nisbatan;
2) sanoat turidagi qishloq xo’jaligi tashkilotlari (parrandachilik xo’jaliklari, chorvachilik majmualari, issiqxona kombinatlari) o’z asosiy fondlariga nisbatan);
3) sanoat ishlab chiqarish maxsus iqtisodiy zonasi yoki turistik-rekreatsion maxsus iqtisodiy zonasi rezidenti maqomiga ega bo’lgan tashkilotlarning o’z asosiy fondlariga nisbatan;
4) O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ob’ektlar ro’yxatiga muvofiq, yuqori energiya samaradorligiga ega ob’ektlar bilan bog’liq asosiy vositalarga nisbatan, yoki energiya samaradorligi yuqori sinfga ega ob’ektlarga, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bunday ob’ektlarga nisbatan ularning energiya samaradorligi sinflarini aniqlash ko’zda tutilgan bo’lsa.
Tashkilotlar quyidagilarga nisbatan amortizatsiyaning asosiy me’yoriga maxsus koeffitsient qo’llash huquqiga ega, lekin mazkur koeffitsient 3 dan ortiq bo’lmasligi lozim:
1) moliyaviy ijara shartnomasi (lizing shartnomasi) predmeti bo’lgan asosiy vositalarga nisbatan);
2) faqat ilmiy-texnik faoliyat uchun ishlatiladigan asosiy vositalarga nisbatan.
Ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan amortizatsiyani tezlashtirilgan me’yorlari O’zR Soliq kodeksida nazarda tutilmagan, ya’ni jadallashtirilgan amortizatsiya usullari soliq hisobida qo’llanilmaydi. Biroq, ular boshqaruv hisobi maqsadlari uchun ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulini buxgalteriya hisobida qo’llanilishi mumkin.
Misol.
Foydali xizmat muddati 5 yil bo’lgan 100 mln. so’mlik asosiy vositalar ob’ekti sotib olindi. Tugatish qiymati 5 000 ming so’m. Amortizatsiya qilinadigan qiymat 95 000 so’m (100 000 – 5 000).
Amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddati asosida hisoblangan - 20 % (100% : 5 yil), tezlashtirish koeffitsienti 2 ga oshiradi. Shunday qilib, yillik amortizatsiya me’yori 40% bo’ladi.
Hisoblash davri yillariga amortizatsiya summalarini hisoblash 4.7-jadvalda keltirilgan.
Foydalnishning oxirgi yilida yillik amortizatsiya summasi ob’ektning oxirgi yil boshidagi qoldiq qiymatidan tugatish qiymatini ayirib hisoblanadi.
Bu usuldan foydalanilganda yillik amortizatsiya summalari har yili kamayadi va shuning uchun asosiy vositalarning har bir faoliyat yili uchun oylik amortizatsiya summalari alohida-alohida hisoblanishi kerak.
4.7-jadval
Qoldiqni kamaytirish usulida yillar bo’yicha amortizatsiya hisoblash

Asosiy vositalarning faoliyat yili

Amortizatsiya ajratmasini hisoblash
(ming so’m)

Yillik amortizatsiya summasi
(ming so’m)

Jamg’arilgan amorti-zatsiya summasi
(ming so’m)

Asosiy vositalar-ning qoldiq qiymati (m.so’m)

1-yil

100 000 • 40%

40 000

40 000

60 000

2-yil

60 000 • 40%

24 000

64 000

36 000

3-yil

36 000 • 40%

14 400

78 400

21 600

4-yil

21 600 • 40%

8 640

87 040

12 960

5-yil

12 960

7 960

95 000

5 000

Misoldan ko’rinib turibdiki, bu usul bilan amortizatsiyaning yillik summasi kamayib boradi, bu esa uskunalar unumdorligining pasayishi va bunday asosiy vositalar ob’ektidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmining qisqarish iqtisodiy jihatdan asoslab beriladi.


Dunyo amaliyotining ko’rsatishicha, qoldiqni kamaytirish usulini qo’llashda asosiy vositalar ob’ektining dastlabki yillarida ta’mirlash ishlari talab qilinmasligi bois, amortizatsiya ajratmalarinining o’rniga boshqa asosli ishlab chiqarish xarajatlarini ko’paytirish imkonini beradi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin