Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Asosiy vositalarning eskirishi. № 2-misol. Avtotransport vositasiga 2019 yil 01 iyul holatiga amortizatsiya hisoblang. Avtomobildan foydalanish muddati 5 yil. Amortizatsiya usuli chiziqli (bir maromli). Avtomobil boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Dastlabki xarajat va ishga tushirish sanasi haqidagi ma’lumotlar 1-misolda keltirilgan. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing.
Yechim
Avtomobilga amortizatsiya me’yorini hisoblaymiz:
(1/5) • 100 % = 20 %
Yillik amortizatsiya summasi: 89 460 000 • 20% = 17 892 000 so’m;
amortizatsiya oylik miqdori: 17 892 000 : 12 = 1 491 000 so’m.
1 iyulgacha hisoblangan amortizatsiya summasi 1 491 000 x 4 = 5 964 000 so’m.
Hisoblangan amortizatsiyalarga har oyda quyidagi o’tkazma beriladi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” 1 491 000 so’m
K 0260 “Transport vositalarini eskirishi” 1 491 000 so’m
№ 3-misol.
2019 yil 01 oktyabr holatiga transport tirkamasiga amortizatsiya hisob qilindi. Uskunaning boshlang’ich qiymati 33 000 000 so’mni tashkil qiladi. Tugatish qiymati 3 000 000 so’m. Ushbu ob’ekt 2016 yilning 01 yanvarida sotib olingan, foydali ish muddati 5 yil. Amortizatsiya hisoblash usuli - yillar soni yig’indisi bo’yicha. Ob’ekt korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexida ishlatiladi. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing.
Yechim
Uskunaning foydali hayot yillar soni yig’indisi: (1 + 2 + 3 + 4 + 5) = 15.
Amortizatsiyalanadigan qiymat 30 000 000 so’m (33 000 000 – 3 000 000).
Amortizatsiya hisoblash summasi birinchi yili 5/15 * 30 000 000 = 10 000 000 so’m; ikkinchi yilda 4/15 * 30 000 000 so’m = 8 000 000 so’m; uchinchi yilda 3/15 * 30 000 000 = 6 000 000 so’m; to’rtinchi yili (2/15 • 30 000 000) • 9/12 = 3 000 000 so’m bo’ladi.
Shunday qilib, butun haqiqiy foydalanish vaqti davomida, jamg’arilgan amortizatsiya summasi: 27 000 000 so’m (10 000 000 + 8 000 000 + 6 000 000 + 3 000 000) ga teng bo’ladi.
Har oyda (2019 yil sentyabr oyiga) hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” 333 333 so’m
K 0230 “Transport vositalarini eskirishi” 333 333 so’m.
(2/15 • 30 000 000 /12 = 333 333 so’m)