Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moddiy zahiralarning chiqib ketishi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə160/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Moddiy zahiralarning chiqib ketishi. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zahiralarning qiymati chiqib ketish dalilini aniqlash paytida balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zahiralar tashkilotning balansidan:
a) sotish;
b) boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko’rinishida berish;
c) muassisning muassislar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulkini uning ishtirokchilari o’rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni muassisga qaytarish;
d) tekinga berish;
e) ayirboshlash;
f) saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo’q qilish);
g) kamomad, yo’qotish yoki shikastlanishning (sinish, bo’linish) aniqlanishi;
h) tovar qarzi ko’rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;
i) boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishi bilan bog’liq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.
Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi bilan bog’liq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zahiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar etkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Sotishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zahiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (sh.j. sotilgan) tovar-moddiy zahiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.
Tovar-moddiy zahiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zahiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
a) tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo’yicha;
b) o’rtacha tortilgan qiymat bo’yicha (AVECO);
c) TMZ xarid qilingan vaqt bo’yicha dastlabki zahiralar tannarxi bo’yicha (FIFO).
Tovar-moddiy zahiralarning har bir guruhi (turi) bo’yicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qo’llanadi. Tovar-moddiy zahiralarning guruhi (turi) bo’yicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qo’llash hisob siyosatini qo’llash ketma-ketligiga yo’l qo’yishdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining o’rnini bosmaydigan (ya’ni ular odatdagi holda bir-birini almashtira olmaydi), shuningdek maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo’ljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zahiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli bo’yicha baholanadi.
Ushbu usulda alohida o’ziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zahiralarga taalluqli bo’ladi. Aks ettirishning ushbu usuli, ular sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qat’i nazar, maxsus loyihalar uchun mo’ljallangan mahsulotlarga to’g’ri keladi.
AVECO usuli bo’yicha tovar-moddiy zahiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning o’rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tovar-moddiy zahiralar har bir birligi qiymatini AVECO usuli bo’yicha aniqlash tegishincha davr boshidagi tovar-moddiy zahiralar qoldig’ining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’rtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zahiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga ko’ra hisoblab chiqarilishi mumkin.
FIFO usuli bo’yicha tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zahiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zahiralar qiymati esa oxirgi bo’lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zahiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zahiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zahiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bog’liq holda amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qo’llanadigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin