Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot bo’yicha



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə185/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

7.5.Ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot bo’yicha
hisob-kitoblar hisobi


Ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
- O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
- O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
- Soliq kodeksining 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq, ijtimoiy soliq to’laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to’lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ektidir.
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti bo’lgan yuridik shaxsga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
- ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash tarzidagi, Soliq kodeksi 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
- paxta yig’im-terimi bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to’lashga doir xarajatlar.
Ijtimoiy soliq bazasi. Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi Soliq kodeksining 371-moddasiga muvofiq to’lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Bu modda “Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar” deb ataladi. Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to’lanadigan quyidagi barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:
- mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
- ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
- Soliq kodeksning 372-moddasiga muvofiq rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;
- Soliq kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);
- Soliq Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash;
- haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to’lovlar.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
- predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to’lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
- yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;
- O’zRning Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O’zR Davlat xavfsizlik xizmati, O’zR Milliy gvardiyasi, O’zR Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O’zR Davlat bojxona qo’mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o’tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lovlar.
O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O’zR Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to’lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Soliq kodeksi 403-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnoma bo’yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmagan summada belgilanadi.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:






Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin