Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə188/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari. Qonun hujjatlariga muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyada ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to’lash haqida jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda to’laydi.

Yagona ijtimoiy to’lov davlatning maqsadli fondlari va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o’rtasida belgilangan tartibda quyidagicha bo’linadi (2019 yilda):



Byudjet tashkilotlari va davlat korxonalarida, yuridik shaxslarni ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo’lganda:

100%

- byudjetdan tashqari Pension fondiga

99,2%

- bandlikka ko’maklashuvchi Davlat fondiga

0,4%

- O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiya Kengashiga

0,4%

Boshqa to’lovchilar bo’yicha:

100%

- byudjetdan tashqari Pension fondiga

98,4%

- bandlikka ko’maklashuvchi Davlat fondiga

0,8%

- O’zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiya Kengashiga

0,8%




Quyidagi to’lov turlari sug’urta badaliga tortilmaydi:


1. O’zR qonunchiligi muvofiq, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi hisobidan davlat tomonidan to’lanadigan mehnat pensiyalari va yordampullari, jumladan:
1) sug’urtalangan shaxsga zarur tibbiy yordam ko’rsatish bilan bog’liq tibbiy muassasaga xarajatlar to’lovi;
2) yoshga doir pensiya;
3) nogironlik pensiyasi;
4) boquvchisini yo’qotganlik uchun pensiya;
5) vaqtinchalik nogironlik bo’yicha yordampuli;
6) ish joyidagi avariya va kasb kasalligi munosabati bilan sug’urta to’lovlari, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uchun qo’shimcha xarajatlarni to’lash;
7) homiladorlik va tug’ish bo’yicha yordampuli;
8) bola parvarishi bo’yicha oylik yordampuli;
9) O’zR qonunlarda majburiy ijtimoiy sug’urtaning aniq turlari bo’yicha belgilangan boshqa sug’urta turlari;
10) homiladorlikning dastlabki bosqichlarida tibbiyot muassasalarida ro’yxatdan o’tgan ayollar uchun bir martalik yordampuli;
11) bola tug’ilganda bir martalik yordampuli;
12) dafn etish uchun ijtimoiy yordampuli.
2. Qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida tovon (kompensatsiya) to’lovlarining barcha turlari:
- shikastlanish natijasida etkazilgan zararlarni (salomatlikka etkazilgan boshqa zararlar) qoplash;
- uy-joy, kommunal, taom va oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg’ini bepul ta’minlash yoki tegishli pul shaklida qoplash;
- mahsulot qiymatini to’lash yoki natura shaklida ta’minlash;
- sportchilarning va sport tashkilotlari xodimlarining o’quv-mashq jarayoni va musobaqalariga olgan oziq-ovqat mahsulotlari, sport anjomlari, jihozlari, sport kiyimlari narxini to’lash;
- xodimlarni ishdan bo’shatish, foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya bundan mustasno;
- malaka oshirish xarajatlarini qoplash;
- jismoniy shaxsning fuqarolik shartnomalari bo’yicha ishlar, xizmatlar bajarilishi bilan bog’liq xarajatlari;
- tashkilotning xodimlar soni yoki shtatini qisqartirishi natijasida, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo’shatilgan xodimlarni ishga joylashtirish;
- mehnat majburiyatlarini bajarish (shu jumladan boshqa mahalga ishlashga borish va xizmat safar xarajatlarini qoplash).
3. Xizmat safari xarajatlari (sutkalik, yashash uchush, transport xarajatlari).
4.Oila a’zosining o’limi munosabati bilan xodimga bir martalik moliyaviy yordam miqdori.
5.Tug’ilgandan keyin bir yil ichida to’lanadigan bolaning tug’ilishida xodimga bir martalik moliyaviy yordam miqdori.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin