Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xarajatlarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə237/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

8.11. Xarajatlarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari

Soliq hisobi maqsadlari uchun xarajatlar korxona tomonidan amalga oshirilgan, asoslangan va hujjat bilan tasdiqgan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.


Asoslangan xarajatlar deganda iqtisodiy jihatdan asosli xarajatlar tushuniladi, uning bahosi pul shaklida ifodalanadi.
Iqtisodiy asoslangan xarajatlar deb, ratsionallik tamoyilini qondirish va biznes aylanmasi an’anasiga asoslangan bo’lib, daromad olish maqsadlari uchun qilingan xarajatlarni tushunish kerak.
Xarajatlarni foydani soliqqa tortish maqsadlaridagi xarajatlar sifatida tan olishning zaruriy sharti - bu qilingan xarajatlarning birlamchi (tasdiqlovchi) hujjatlar bilan tasdiqlashdir.
Soliq hisobi maqsadlari uchun mahsulot, tovar (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan bog’liq xarajatlar quyidagilarga bo’linadi:
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Agar korxona daromad va xarajatlarni hisoblash usuli bilan aniqlasa, unda soliq hisobi maqsadlari uchun xarajatlarni bevosita va bilvositaga bo’lish kerak.
Ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan bog’liq bevosita xarajatlar:
- moddiy xarajatlar;
- mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- ijtimoiy sug’urta bo’yicha ajratmalar;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi.
Ishlab chiqarish va (yoki) sotish bilan bog’liq bilvosita xarajatlarga, davr xarajatlardan tashqari, boshqa barcha ishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Soliq hisobi maqsadlarida xarajatlarni tan olish tartibi mahsulot sotishdan tushgan tushumni hisoblash usuli foydalanganda O’zR soliq kodeksining X bo’lim 44 bobida belgilangan.
Foyda solig’i maqsadlari uchun, agar yuridik shaxs hisoblash usulidan foydalansa, foyda solig’i maqsadlari uchun qilingan xarajatlar haqiqiy to’lov vaqtidan qat’i nazar, ular bilan bog’liq bo’lgan hisobot davrida tan olinadi.
Xarajatlar, ushbu xarajatlar shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda yuzaga keladigan, hisobot (soliq) davrida tan olinadi. Bitimda bunday shart-sharoitlar mavjud bo’lmagan va daromad va xarajatlar o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilangan yoki bilvosita aniqlanishi mumkin bo’lmagan hollarda, xarajatlar korxonaning o’zi tomonidan mustaqil ravishda ajratiladi.
Korxonaning xarajatlari, agar muayyan faoliyat turi xarajatlariga bevosita o’tkazilmayotgan paytda, bunday xarajatlar tegishli daromadning tashkilotning barcha daromadlari umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Soliq hisobida moddiy xarajatlar sanasi deb e’tirof etiladi:
- xom ashyo ishlab chiqarishga o’tkazilgan sana;
- xizmatlar (ishlar)ni qabul qilish-o’tkazish dalolatnomasini tuzilgan va imzolangan sana.
Mehnat xarajatlari, belgilangan tartibda hisoblangan mehnat xarajatlari summasidan kelib chiqqan holda, har oyda xarajatlar deb e’tirof etiladi.
To’g’ri chiziqli va ishlab chiqarish usulida hisoblangan amortizatsiya summasi har oyda xarajat sifatida tan olinadi. Lekin, asoiy vositalar va nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatish maqsadlarida foydalanilmagan davrda amortizatsiya ajratmalari foydani soliqqa tortish sifatida qaralmaydi.
Soliq to’lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan bo’lsa, o’sha hisobot (soliq) davrida soliq solish maqsadlarida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi (O’zR Soliq kodeksi 309 moddasi).
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o’rtasidagi shartnomada ijaraga oluvchining amortizatsiya qilinadigan aktivlarga doir xarajatlarining o’rnini ijaraga beruvchi tomonidan qoplash nazarda tutilmagan bo’lsa, ijaraga oluvchining mazkur xarajatlari ham hisobga olinadi.
Boshqa xarajatlar sanasi deb e’tirof etiladi:
1) soliqlar va yig’imlarni hisoblash sanasi - soliqlar (soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari), yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari ko’rinishidagi xarajatlar uchun;
2) tuzilgan shartnomalar shartlariga yoki hisob-kitoblar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi tashkilotga hujjatlar taqdim etilgan sanaga yoki hisobot (soliq) davrining oxirgi kuniga muvofiq hisob-kitob qilingan sana - quyidagi xarajatlar uchun:
- komission to’lovlar shaklida;
- boshqa tashkilotlariga ular tomonidan bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun haq to’lash xarajatlari shaklida;
- ijaraga olingan mol-mulk uchun lizing (lizing) to’lovlari shaklida;
- boshqa shu kabi xarajatlar shaklida;
3) tashkilotning hisob-kitob hisobvarag’idan (kassadan to’lovlar) pul mablag’larini o’tkazish sanasi - quyidagi xarajatlar uchun:
- yo’l puli shaklida to’langan mablag’lar;
- xizmat yuzasidan shaxsiy avtomobillardan foydalanganlik uchun kompensatsiya shaklida (xizmat safaridan tashqari);
4) bo’nak hisobotini tasdiqlash sanasi - quyidagi xarajatlar uchun:
- xizmat safarlari;
- vakillik xarajatlari;
- xizmat transport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish;
- boshqa shunga o’xshash xarajatlar.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin