Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulotni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə251/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

9.7. Tayyor mahsulotni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari

Foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun korxonalar tayyor mahsulotni sotishdan tushgan daromadni hisoblash usuli bilan aniqlaydilar.


Hisoblash usulida sotilgan mahsulotlarga haq to’lashdan qat’iy nazar, ular sodir bo’lgan hisobot (soliq) davrida, ya’ni sotish sanasida, daromad deb tan olinadi.
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga sotish bo’yicha operatsiyalar qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish bozor qiymatida (QQS bilan birga) aks ettiriladi.
O’zR Soliq kodeksining 242-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanasi belgilab berilgan. Unga ko’ra mahsulot etkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar jo’natilgan (berilgan) sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Agar tovarni jo’natish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga bo’lgan mulk huquqi xaridorga o’tkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Ko’chmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, ko’chmas mol-mulkni boshqa shaxs tasarrufiga o’tkazish to’g’risidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi bo’yicha xaridorga ko’chmas mol-mulk berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Xizmatlar ko’rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa hollarda tovarlar etkazib berilgan (xizmatlar ko’rsatilgan) kalendar oyning so’nggi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Ob’ektlar qurilishida, shu jumladan ob’ektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar bo’yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan bo’lsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga oshirilgan sana, deb hisoblanadi.
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ko’ra mol-mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar ko’rsatishda) aylanma amalga oshirilgan sana deb, soliq to’lovchining tegishli ichki hujjati bilan rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar ko’rsatish) amalga oshirilgan kun e’tirof etiladi.
Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda O’zR hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya qilish bo’yicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi:
1) bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi haqiqatda kesib o’tilgan sana;
2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qo’yilgan holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi ro’yxatdan o’tkazilgan sana – davriy va (yoki) vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda.
Jo’natilgan mahsulotlar uchun xaridorlar va byurtmachilarga bo’nak to’lovlari shaklidagi hisob-kitob to’lovlari misolini ko’rib chiqamiz.
Misol.
2019 yilning aprel oyida korxona tayyor mahsulotni kelgusida etkazib berish hisobiga xaridordan 9 395 000 so’m miqdorida bo’nak shaklida qisman to’lov oldi.
2019 yilning may oyida korxona, yana tayyor mahsulotni kelgusida etkazib berish hisobiga xaridordan 880 250 so’m miqdorida bo’nak shaklida qisman to’lov oldi. 2019 yilning iyun oyida korxona xaridorga 8 935 000 so’mlik tayyor mahsulot va QQS summasi 1 340 250 so’mga mahsulot jo’natildi. Jo’natilgan mahsulotni umumiy mablag’i 10 275 250 so’m.
Jo’natilgan mahsulotlar tannarxi 7 000 000 so’m va sotish xarajatlari 550 000 so’mni tashkil etdi. Ushbu misol ma’lumotlarini quyidagi jadvalda ko’rsatamiz:





Xo’jalik operatsiyalar mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

kredit

1

2

3

4

5




2019 yilning aprel oyida qayd etilgan operatsiyalar

1

Etkazib berish shartnomasi bo’yicha bo’nak oldi

9 395 000

5110

6310




2019 yilning may oyida qayd etilgan operatsiyalar

2

Etkazib berish shartnomasi bo’yicha bo’nak olindi

880 250

5110

6310




2019 yilning iyun oyida qayd etilgan operatsiyalar

3

Mahsulotlarni sotish aks ettirildi

8 935 000

4010

9010

4

QQS hisoblandi

1 340 250

4010

6410

5

Sotilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisobdan chiqarildi

7 000 000

9110

2810

6

Sotish xarajatlari hisobga olindi

550 000

9410

1000, 6710, 6520

7

Realizatsiyadan daromad hisobvarag’i yopildi

8 935 000

9010

9910

8

Sotilgan mahsulot tannarxi hisobvarag’i yopildi

7 000 000

9910

9110

9

Sotish xarajatlari hisobvarag’i yopildi

550 000

9910

9410

10

Tayyor mahsulot sotishdan moliyaviy natija aniqlandi (8 935 000 – 7 000 000 – 550 000)

1 385 000

9910

8710

11

Oldindan to’lov (bo’nak) summasi hisobga olindi

10 275 250

6310

4010

12

Daromad solig’i hisoblandi (1 385 000*15%: 100%)

207 750

9810

6410

13

Daromad solig’i byudjetga o’tkaziladi

207 550

6410

5110

Komitent uchun komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulotlarni sotishda, sotishdan daromad olingan sana unga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotish bo’yicha komissioner xabarnomasida va (yoki) komissioner hisobotida ko’rsatilgan sana hisoblanadi.


Komissionerga komitent tomonidan to’lanadigan komissiya mukofotpuli summasi soliq hisobida korxonaning boshqa xarajatlari tarkibida aks ettiriladi.
Komission mukofotpulining bir qismi sifatida to’langan QQS summasi komitent tomonidan hisobga olinishi mumkin.
Komissioner komissiya shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun komitent tomonidan berilgan mol-mulkni, shu jumladan naqd pulni, shuningdek, komissioner tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash munosabati bilan hisobga olmasligi kerak, agar bunday xarajatlar shartnoma shartlariga muvofiq komissioner xarajatlariga kiritilmagan bo’lsa.
Komission mukofotpuli komissionerning daromadi hisoblanadi, va u foydani soliqqa tortishda hisobga olinadi.
Komission mukofotpuli shaklidagi daromadlar komissioner hisobotining komitent tomonidan qabul qilingan sanadan keyin komissoner tomonidan soliq hisobida aks ettiriladi.
Olingan komission mukofotdan komissioner QQS hisob qilishi va to’lashi lozim.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin