Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulotlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə252/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

9.8. Tayyor mahsulotlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot

Haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida tayyor mahsulotlar hisobi


1 misol


Korxona xaridorga 25 500 000 so’m miqdorida tayyor mahsulotlar jo’natdi (QQS summasi 3 825 000 so’m). Mahsulotning haqiqiy tannarxi 17 850 000 so’mni tashkil etdi. Etkazib berish shartlariga ko’ra, tayyor mahsulotga egalik qilish huquqi uning to’lovidan keyin o’tadi.
Korxona - mol etkazib beruvchining buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyalar quyidagi hisobvaraqlar bog’lamasi bilan aks ettiriladi:





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

Xaridorga mahsulot jo’natildi, egalik qilish huquqi to’lovdan keyin o’tadi

17 850 000

2830

2810

2

Tayyor mahsulot uchun xaridor to’lovni amalga oshirdi

29 325 000

5110

4010

3

Mahsulot sotishdan olingan daromad aks ettirildi

25 500 000

4010

9010

4

Sotishdan hisoblangan QQS summasi

3 825 000

4010

6410

5

Sotilgan mahsulot tannarxi hisobdan chiqarildi

17 850 000

9110

2830

6

Realizatsiyadan daromad hisobvarag’i yopildi

25 500 000

9010

9910

7

Sotilgan mahsulot tannarxi hisobvarag’i yopildi

17 850 000

9910

9110

8

Tayyor mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natija aks ettirildi (25 500 000 – 17 850 000)

7 650 000

9910

8710

Tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejali tannarx bo’yicha hisobi


2 misol


Korxona “A” mahsulot ishlab chiqaradi va tayyor mahsulotlar tannarxini hisob narxi bilan aks ettiradi. 2019 yilning avgust oyi boshida omborxonada 30 000 dona “A”mahsuloti qoldig’i qolgan. Hisob narxi sifatida rejali tannarx qo’llaniladi va bir dona mahsulotning narxi 2500 so’m. Barcha tayyor mahsulotlarning rejali tannarxi – 75 000 000 so’m (30 000 dona. * 2500 so’m), tayyor mahsulot qoldig’iga to’g’ri keladigan og’ishlar summasi – 4 500 000 so’m (me’yordan ortiqcha xarajat). 2019 yilning avgust oyida kompaniya 75 000 dona “A” mahsulot ishlab chiqardi. Tayyor mahsulotlarning rejali tannarxi 187 500 000 so’mni (75 000 dona. * 2500 so’m) tashkil etdi. Mahsulot bo’yicha og’ishlar summasi 11 250 000 so’mni tashkil etdi (ortiqcha xarajat).
Shu oyda buyurtmachilarga 80 000 dona “A” mahsuloti jo’natildi. Jo’natilgan mahsulotlarning rejali tannarxi 200 000 000 so’mni (80 000 dona *2500 so’m) tashkil etdi.
Oldi-sotdi shartnomasiga ko’ra mahsulotlarga egalik qilish huquqi to’lovdan so’ng xaridorga o’tadi. Avgust oyida to’lov amalga oshirilmadi.
Korxona buxgalteriya hisobida ko’rib chiqilgan xo’jalik operatsiyalari quyidagi hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha aks ettiriladi:





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa (so’m)

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

1

“A” mahsuloti rejali tannarx bo’yicha omborga qabul qilinadi

187 500 000

2810

2010

2

Rejali tannarxdan uning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi og’ishlar aks ettiriladi

11 250 000

2810

2010

3

“A” mahsuloti xaridorga jo’natildi

200 000 000

2830

2810

4

Jo’natilgan mahsulotlar bo’yicha og’ishlar summasi hisobdan chiqarildi

12 000 000

2830

2810

Jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini uning hisob bahosidan og’ish foizi (ortiqcha xarajat):


(4 500 000 so’m + 11 250 000 so’m) / (75 000 000 so’m + 187 500 000 so’m) x 100 % = 6,0 %.
Jo’natilgan mahsulotlar uchun og’ishlar summasi quyidagiga teng: 200 000 000 so’m x 6,0 % / 100 % = 12 000 000 so’m.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin