Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Qo’shilgan kapitalni hisobga olish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə257/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

10.4.Qo’shilgan kapitalni hisobga olish

Oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarning aktsiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori ko’rinishidagi qo’shilgan kapital naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:


8410 “Emissiya daromadi”;
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi”.
8410 “Emissiya daromadi” hisobvarag’i aktsiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag’lar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu mablag’lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” hisobvarag’i kreditlanib, xususiy aktsiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu hisobvaraq debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aktsiyalardan olingan daromadlar bo’yicha alohida yuritiladi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” hisobvarag’i ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan valyuta va valyuta qiymatliklari, ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi O’zR Markaziy bankining kursi bo’yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini va boshqa mulklarni baholash ro’yxatdan o’tkazish sanasidagi ta’sis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o’rtasida ta’sis hujjatlari ro’yxatdan o’tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag’lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qo’shilgan kapital sifatida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bank kurslarining o’rtasida ta’sis hujjatlari ro’yxatdan o’tkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablag’lar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan salbiy kurs farqi 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” hisobvarag’i debetida ustav kapitalini shakllantirishda oldin vujudga kelgan ijobiy kurs farqi summalari doirasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda ijobiy kurs farqi summasidan oshgan salbiy kurs farqi summasi 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvarag’ining debetiga kiritiladi. Kurs farqlarining bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi ta’sischilarning ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir ta’sischi bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Birlamchi emissiya aktsiyalarning nominal va emissiya qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qo’shimcha to’langan kapital mablag’lari kelib tushdi:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari” yoki
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 8410 “Emissiya daromadi”.
2) Qo’shilgan kapital mablag’lari xususiy aktsiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni qoplashga ishlatildi:
D 8410 “Emissiya daromadi”
K 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy” yoki
K 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli”.
3) Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olindi:
D 0100 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” va boshqa mol-mulkni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
K 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin