Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə262/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

SF = STF – FS – BS,
bunda,
SF - sof foyda;
FS - foydadan to’lanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va to’lovlar.
Moliyaviy natijalarning hisobi. Hisobvaraqlar rejasining V qismi “Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi” va shu qismga taaluqli bo’lgan IX bo’lim “Daromadlar va xarajatlar”ning hisobvaraqlari hisobot davridagi korxona faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom va O’zR BHMS bilan tartibga solinadi.
IX bo’limda quyidagi hisobvaraqlarning hisob tartibi yoritiladi:
9000 –“Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9100 –“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9200 –“Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9300 –“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9400 –“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9500 –“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9600 –“Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9700 –“Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9800 –“Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”;
9900 –“Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz va boshqa to’lovlar olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin