Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaningishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə271/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaningishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Qonunchilikda belgilangan foyda solig’i bo’yicha yil davomida hisoblangan bo’nak to’lovlari va qayta hisoblash bo’yicha haqiqatda foydadan to’lovlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan:
9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xarajatlar”.
Yil davomida byudjetga foydadan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblangan to’lovlar 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar” hisobvarag’ining debetida byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni (turlari bo’yicha) hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar” hisobvarag’i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning turlari bo’yicha yuritiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bog’lanishini quyidagi namunaviy xo’jalik operatsiyalari misolida ko’rib chiqamiz:
1) Foydadan byudjetga to’lovlar bo’yicha yil davomida hisoblangan summalar:
D 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”
D 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
2) Hisobot davrining oxirida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”
K 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xarajatlar”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin