Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Yakuniy moliyaviy natijanihisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə272/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Yakuniy moliyaviy natijanihisobga oluvchi hisobvaraqlar. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’ining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni ko’rsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’ining debeti va krediti bo’yicha aylanmalar yig’iladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu hisobvaraq bo’yicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
Quyida yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy xo’jalik operatsiyalari bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
2) Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
K 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”
K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar”.
3) Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”
D 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”
D 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”
D 9340 “O’tgan yillar foydalari”
D 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”
D 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”
D 9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”
D 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”
D 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
4) Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9410 “Sotish xarajatlari”
K 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
5) Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9510 “Royalti ko’rinishidagi daromadlar”
D 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar”
D 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”
D 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
D 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”
D 9560 “Qimmatli kog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
D 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
6) Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
K 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”.
K 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.
7) 9710 "Favquloddagi foydalar" hisobvarag’ining yopilishi:
D 9710 “Favquloddagi foydalar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
8) 9720 "Favquloddagi zararlar" hisobvarag’ining yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9720 “Favquloddagi zararlar”.
9) Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”
K 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xarajatlar”.
10) Hisobot yilining sof foydasi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
11) Hisobot yilining sof zarari:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin