Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə298/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Soliq bazasi. Soliq bazasi yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanadi.
Soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati sifatida aniqlanadi.
Hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma bo’yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’ini chegirgan holda) ularning naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo’lish orqali alohida aniqlanadi.
Hisobot davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning o’rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Foydali qazilma umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi. Bunda, soliq to’lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o’sha hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o’rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Qazib olingan foydali qazilmaning bir qismi realizatsiya qilinib, qolgan qismidan o’zining ishlab chiqarish yoki xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda, foydali qazilma bo’yicha soliq bazasi realizatsiya qilingan ushbu foydali qazilmaning o’rtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqib aniqlanadi.
Foydali qazilmadan o’zining ishlab chiqarish yoki xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday foydali qazilmalar uchun soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmani ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin