Byudjetga to’lovlarning kechiktirilganligi uchun moliyaviy jazolar
470
Jami byudjetga to’lovlar summasi(280 dan 470 satrgacha 291 satrdan tashqari)
480
7 767 114
7 897 098
12.6. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda pul mablag’lari harakati nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy resurslaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi. Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablag’larining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag’larining qoldiqlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot sub’ektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o’z pul mablag’lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini aks ettiradi, shu davr ichida pul mablag’larining o’zgarishini tushuntiradi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shaql) 9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” asosida tuziladi. Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotni qo’llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:
* tashkilotning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini topa olish qobiliyatini va tashkilotning shu kabi pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash;
* tashkilotning sof aktivlaridagi o’zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini (uning likvidligini va to’lov qobiliyati bilan birga) va uning o’zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun o’z vaqtida pul miqdoriga va pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash;
* har xil tashkilotlarning operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu ayni operatsion va xo’jalik faoliyatining hodisalari uchun har xil hisoblash usullarini qo’llanishni inkor etadi.
Pul oqimlarini tasniflash.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi shakllarga tasniflanadi:
operatsion faoliyati;
investitsion faoliyati;
moliyaviy faoliyati.
Operatsion faoliyati.Operatsion faoliyatidan pul oqimlarining hajmi tashkilotning ssudalarni to’lash uchun etarli pul mablag’larini yig’ish, ishlab chiqarish darajasini saqlash, dividendlarni to’lash va tashqi moliyalashtirish manbalarni jalb qilmay yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish ishlarini qila olishining asosiy ko’rsatgichidir. Operatsion faoliyatidan pul oqimlari birinchi navbatda, asosiy faoliyatdan daromad olishning natijasi bo’lib hisoblanadi. Operatsion faoliyat jarayonida sodir bo’lgan pul mablag’larining harakatlariga misol bo’lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin (12.3-jadval):
12.3-jadval
Operatsion faoliyati jarayonining pul oqimlari
Pul mablag’larining oqib kelishi
Pul mablag’larining oqib ketishi
Mahsulot, tovar va xizmatni sotishdan
Tovar va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’lovlar
Royaltilardan (patentni, mualliflik huquqi qo’llanilganligi va boshqalar uchun), har-xil xarakterdagi mukofotlardan, foiz daromadidan, komission yig’imlardan va boshqa daromadlardan
Korxona xodimlariga pul to’lovlari, operatsion xarajatlari
Tovar-moddiy zahiralarining qisqarishi
Tovar-moddiy zahiralarini ko’payishi
Savdo va vositachilik maqsadlarida tuziladigan bitimlar bo’yicha pullarning kelib tushishi
To’langan foizlar
Joriy majburiyatlarining ko’payishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromad solig’i bo’yicha
Joriy majburiyatlarining kamayishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromadga solig’i bo’yicha
Pulsiz xarajatlar:
a) asosiy mablag’larining va nomoddiy aktivlarining amortizatsiyasi, tabiiy resurslarining kamayishi
b) qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha chegirmalarining amortizatsiyasi
Pulsiz muomalalari:
a) qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha ustamaning amortizatsiyasi
Investitsion faoliyati– bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, to’lanadigan kreditlarning berilishi va olinishi. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining harakatlariga quyidagilar misol bo’lishi mumkin (12.4-jadval):
12.4-jadval
Investitsion faoliyati jarayonining pul oqimlari