Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining harakati



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə312/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Operatsion faoliyatdan pul mablag’larining harakati. Operatsion faoliyatdan pul oqimlari “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda” quyidagilarni qo’llash bilan aks ettirilishi mumkin:
a) to’g’ri usul, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotining har bir moddasini o’zgartirishni ko’zda tutadi. To’g’ri usul kelgusidagi pul oqimlarini aniqlashda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan axborot bilan ta’minlaydi;
b) egri usul, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni har bir moddasini o’zgartirishni talab etmaydi. Egri usul qo’llanilganda, operatsion faoliyat natijasida vujudga keladigan, shuningdek investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag’lari harakati bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar moddalari, pulsiz muomalalar, har qanday muddatni uzaytirishlar, o’tgan va kelgusi hisobot davrlari uchun kirimlar va chiqimlar yordamidagi ta’sirni aks ettirish uchun sof foyda va zarar miqdori butunlay tuzatiladi.
To’g’ri usul. To’g’ri usul qo’llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag’larining yalpi to’lovi to’g’risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin:
1) hisob registrlaridan;
2) sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga olingan holda moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning boshqa moddalarini tuzatish orqali:
a) hisobot davri davomida TMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlardagi o’zgarishlar;
b) pulsiz moddalar;
c) natijalari pul mablag’larining harakatiga ta’siri ko’proq investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli bo’lgan boshqa moddalarni (berilgan yoki olingan kreditlar bo’yicha foizlar va boshqalar).
Egri usul. Egri usul qo’llanilganda, operatsion faoliyat natijasida pul mablag’larining harakati, quyidagilarni hisobga olgan holda sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi:
1) hisobot davrida sodir bo’lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va kreditorlik qarzlarda tovar moddiy boyliklarda o’zgarishlarni;
2) eskirish, zahiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valyutasining milliy valyutaga almashtirishdagi sotilmay qolgan tushumlar va zararlar, uyushgan kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aktsiyalarning ba’zi paketlari kabi pulsiz moddalarni;
3) natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar, zararlar va boshqalar).
To’g’ri va egri usullarining qo’llanilishi bir natijaga olib keladi va moliyaviy hisobotining xalqaro standarti bo’yicha Qumita ikki usulni ham tan oladi, ammo to’g’ri usulni qo’llanishni tavsiya qiladi. To’g’ri va egri usullarning qo’llanish bilan tuzilgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotlari orasidagi farq, faqat operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini aks ettirgan bo’limida o’z aksini topadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin