Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Javobgarlik markazlarining turlari. Xo’jalik yurituvchi subektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Korxonada bo’linmalar bo’yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim:
– vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko’ra;
– markaz bajaradigan funktsiyalar bo’yicha.
Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Xarajatlar markazi – bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga mas’ul bo’lgan korxonaniig bo’linmasidir (ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.).
Korxonani bunday markaz doirasida boshqarish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, me’yorlashtirish va hisobini tashkil etish amalga oshiriladi (13.3-chizma).
Asosiy va qo’shimcha mehnat xarajatlari, ajratmalar
Brakdan yo’qotishlar