Foyda markazini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, shuningdek, rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet) yordamida boshqarish mumkin.
Investitsiyalar markazi – bu rahbar nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital qo’yilmalarga ajratilgan mablag’larga ham javob beradigan bo’linmadir.
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo’lgan bunday markazning maqsadi foyda olish hamda sarflanadigan mablag’larning rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag’ning ortishiga erishish hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini rejalashtirilgan foyda olish jadvali (operatsion byudjet), shuningdek, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, buxgalteriya balansi yordamida boshqarish mumkin.
Javobgarlikning asosiy markazlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi. Ularning xarajatlari bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab chiqarish brigadalari, tsexlari va sotish bo’limini ana shunday markazlarga kiritish mumkin.
Javobgarlikning yordamchi markazlari javobgarlikning asosiy markazlariga ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu markazlarning xarajatlari avval javobgarlikning asosiy markazlari bo’yicha taqsimlanadi, keyin esa asosiy markazlarning umumiy xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi tarkibiga kiritiladi. Ma’muriy-xo’jalik, texnik nazorat bo’limlari, ta’mirlash tsexi, asbob-uskunalar ustaxonasi va boshqalarni shunday markazlar jumlasiga kiritish mumkin.
Ishlab chiqarish korxonasi