Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə34/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Mablag’larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo’yicha turkumlanishi. Xo’jalik mablag’larining mavjudligi va joylashuvi xo’jalikning iqtisodini to’liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun manbalarning tegishligini bilish zarur.
Xo’jalik mablag’lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko’ra korxonaning o’z mablag’lari manbalari va majburiyatlari yoki qarzga olingan mablag’lar manbalariga bo’linadi (1.4-chizma).
O’z mablag’lari manbalari tarkibiga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zahiralardan iborat.
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi.
Qo’shilgan kapital aktsiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Rezerv kapitali mol-mulkni qayta baholash chog’ida, taqsimlanmagan foyda hisobidan hosil bo’ladigan manbadir.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag’lari va boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol bo’ladi.

O’z mablag’lari manbalari

Ustav kapitali

Qo’shilgan kapital

Rezerv kapitali

Taqsimlanmagan foyda

Maqsadli tushumlar

Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun zahiralar


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin