Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə366/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Aqs
Ahaq = -------------
Adk
bu erda,
Ahaq – annuitetning haqiqiy qiymati;
Aqs – annuitetni qoplash summasi;
Adk – qabul qilingan diskont stavkasi va davrlar miqdorini hisobga olib, maxsyc jadvallar bo’yicha aniqlanadigan annuitetni diskontlash koeffitsienti.
Pul mablag’larining haqiqiy qiymatini baholashda inflyatsiya omili ham muhim ahamiyatga ega, u pul mablag’larining sotib olish qobiliyatini pasayishiga sabab bo’ladi.
Investitsiyalash jarayonida pul oqimlarini samarali boshqarish bilan bog’liq, hisob-kitoblarga inflyatsiyaning ta’sirini baholashda pul mablag’larining nominal va haqiqiy qiymatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Pul mablag’larining nominal qiymati pulning sotib olish qobiliyati o’zgarishini hisobga olmay uning hajmini baholashni nazarda tutadi.
Pul mablag’larining haqiqiy qiymati esa ularning kelgusi va hozirgi qiymatini aniq hisoblashda samarali qo’llanilishi mumkin.
Odatda, inflyatsiya ta’sirini baholashda quyidagi asosiy ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
1) inflyatsiya sur’ati (Is). Bu ko’rsatkich muayyan davrda (n) baholarning investitsiya hisob-kitoblarida ifoda etilgan o’nlik kasrdagi o’rta darajadagi o’sishni ifodalaydi.
2) inflyatsiya indeksi (Iindek.).
1+Is deb belgilanadigan ko’rib chiqilayotgan davrda (n) inflyatsiyani hisobga olgan holdagi pul mablag’larining qo’shilgan qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Pnom.
Phaq == ---------------------
Iindek.
bu erda,
Phaq. – pul mablag’larining kelgusi haqiqiy qiymati;
Pnom. – pul mablag’larining kelgusi nominal qiymati.
Mazkur formula yordamida pul mablag’lari qiymati ortib borishi jarayonidagi foizning foydalaniladigan stavkasida inflyatsiya darajasi hisobga olingan bo’lmasa, pul mablag’larining aniq to’langan qiymatini aniqlash mumkin.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin