Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə37/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Buxgalteriya hisobi

Predmeti

Metodi

Korxona mablag’lari (aktivlar), mablag’lar manbalari (passivlar)ning holati va harakati hamda xo’jalik jarayonlarida (ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya) sodir bo’ladigan muomalar to’g’risida

1) axborot-larning miqdor ko’rsatkichla-rini ifodalash uchun

2) axborotlar-ning sifat ko’rsatkich-larini ifodalash uchun

b) hisob ob’ektlarini qiymat o’lchovida ifodalash

a) hisob ob’ektlarini joriy tartibda guruhlash, aks ettirish va nazorat

Hujjatlashtirish

v) aktivlar, passivlar va xo’jalik jarayonlarini davriy guruhlash va umumlashtirish

Baholash

Kalkulyatsiya

Inventarizatsiya

Schyotlar tizimi

Ikkiyoqlama yozuv

Balans

Hisobot



a) hisob ob’ektlarini dastlabki kuzatish, o’lchash va ro’yxatga olish


1.5-chizma. Buxgalteriya hisobi predmeti va metodining o’zaro bog’liqligi


1.11. Buxgalteriya balansi va uning tavsifi


Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini baholash va ularga rahbarlik qilish hamda boshqarish uchun korxona qanday mablag’larga ega; ularning tarkibi, joylanishi va ishlatilish darajasi. shuningdek, ushbu mablag’lar manbalari to’g’risida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish zarur. Buning uchun buxgalteriya balansi tuziladi. «Balans» so’zi lotincha bo’lib, uning aynan tarjimasi «bis»- ikki karra va «lans» tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan.
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni hisobvaraqlarning debeti bo’yicha summalar jami va krediti bo’yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik hisobvaraq ma’lumotlarining (boshlang’ich qoldig’i, debet va kredit aylanmalari, oxirgi qoldig’i) mazkur sintetik hisobvaraqga tegishli analitik hisobvaraqlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi.
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.
Bunday ikki tomonlamalikda nafaqat qarama-qarshiliklar birligi qonunining mohiyati, balki korxona moliyaviy ahvolini baholash uchun asos ham mujassamlashgan. Alohida balans moddalarining tarkibida aks ettiriladigan hisob ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatini tushunishni osonlashtirish maqsadida balansda guruhlangan holda aks ettiriladi.
Axborotdan foydalanuvchilar, xususan, potentsial investorlar va kreditorlar balansdagi alohida guruhlar va guruhchalarning mazmunini, ular o’rtasidagi munosabatlarni, o’zaro bog’liqlikni o’rganadilar.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin: xo’jalik mablag’larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi o’zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi.
Balans ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo’lib, aynan tarjimasi «activus» aktiv, faol va «passivus» - passiv, faoliyatciz degan ma’nolarni bildiradi.
Balans aktivida mablag’lar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablag’larning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi.
Balans aktivi va passivi hamma vaqt o’zaro teng bo’lishi shart. Balans aktivi va passivining o’zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo’jalik mablag’lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag’lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo’yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo’yicha aks ettiriladi.
Aktiv va passivning o’zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega bo’lib, buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.
O’zRning «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zahirada yoki konservatsiyada saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo’yicha; xomashyolar, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’ilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini qo’shgan holda); tayyor mahsulotlar, korxonaning o’zi ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar tannarx bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Aktivda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, kapital qo’yilmalar, tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davr xarajatlari, pul mablag’lari, debitorlik qarzlar, passivda esa ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar, bank kreditlari, korxonaning kreditorlik qarzlari, xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlar, daromadni taqsimlash bo’yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo’ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo’ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag’larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo’yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo’limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo’limlar kiradi:

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin