Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə452/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Assortiment (fran. akkortiment) - ishlab chiqarish yoki savdo korxonalaridagi mahsulot va tovarlarning har xil turlari va navlarining tarkibi. Sub’ekt mahsulot ishlab chiqarish rejasini faqat hajm jihatdan emas, shuningdek, assortiment bo’yicha ham bajarishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi talabini qondirish, xaridorni ko’proq jalb etish assortimentni kengaytirishni taqozo etadi. Bu borada tashkil etilayotgan “SUPER MARKET” deb atalayotgan savdo korxonalari ishlari juda ijobiydir.
Assotsiatsiya - umumiy xo’jalik maqsadlariga erishishi uchun mustaqil korxona va tashkilotlarning birlashishi. Assotsiatsiya qatnashchilari boshqa qatnashchilar bilan kelishmasdan turli korxonalar birlashmalariga a’zo bo’lishi mumkin.
Audit - lotincha “audio” so’zidan olingan “u eshitadi” degan ma’noni bildiradi. Audit mustaqil tashqi moliyaviy nazorat bo’lib, ushbu korxonada ishlamaydigan mustaqil hamda diplomli auditorlar tomonidan olib boriladi.
Auditor - tekshirilayotgan korxona rahbariyati bilan tuzilgan shartnomaga asosan, shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxs.
Auditor xizmati - korxona faoliyati moliyaviy nazoratining maxsus shakli bo’lib, mijoz xohishiga ko’ra olib boriladi. Auditor xizmatiga tekshirilayotgan korxona yillik hisobotiga ilova qilinadigan shu xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy holati haqidagi xulosani berish, shuningdek, mijozga menejment va soliqqa tortish masalalari yuzasidan, hisob yuritish siyosati borasidagi maslahatlar ham kiradi. Auditor xizmati tijorat asosida mijoz va auditor (auditorlik firmasi) o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi.
Auktsion - ba’zi tovarlarni belgilangan muddatda va tayinlangan joyda sotish usuli (Kim oshdi savdosi). O’ziga xos xususiyati oldindan tovarlar namoyish etilishi va mas’ul sotuvchining ishtirok etmasligi. Xalqaro savdoda ham keng tarqalgan (paxta, oltin, choy, neft mahsulotlari kim oshdi savdosi).
Autsayderlar - monopol birlashmalarga kirmaydigan korxonalar (kichik va o’rta korxonalar).
Aval - vasiqa yuzasidan topshiriq. Bunday topshiriq vasiqaning old tomoniga yoki unga biriktirilgan varaqa (alonj)ga imzo shaklida beriladi. Aval vasiqaning jami summasiga yoki uning ma’lum bir qismiga turli javobgar shaxs (vasiqa beruvchi, aktsentant, indossant)larga berilishi mumkin. Bunday kafolatni beruvchi shaxs (avalist), avalni olgan shaxs bilan bir xil darajada javobgar hisoblanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin