Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə453/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Aval krediti - bankning mijozi majburiyatlarini qoplash kreditlari. Aval krediti mijoz mustaqil ravishda majburiyatlarini to’lash qobiliyatini yuqotgan hollarda beriladi.
Avuarlar - keng ma’noda aktivlar (pul mablag’lari, cheklar, vasiqalar, akkreditivlar). Ular orqali to’lovlar va majburiyatlar amalga oshiriladi. Banklarning xorijiy banklardagi chet el valyutasidagi mablag’lari. Qaysidir davlatga tegishli bo’lgan bunday mablag’lar summasi xorijiy avuarlar deb ataladi. Ular qaerda joylashgan bo’lsa, shu yuridik davlatga bo’ysinadi.
Avuarlarning quyidagi turlari mavjud:
- erkin avuarlar - hech qanday cheklashlarsiz foydalaniladi;
- blokirovka qilingan avuarlar - davlat yoki bank ixtiyorida bo’ladi;
- foydalanish tartibi belgilangan avuarlar.
Baho - tovar qiymatining puldagi ko’rinishi. Baho zamirida tovar qiymati ya’ni uni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajat yotadi. Ammo bu, har bir alohida tovarning bahosi uning qiymatiga teng bo’ladi degani emas. Bahosi qiymatdan farq qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho tovar uchun talab va taklifdan kelib chiqib belgilanadi.
Balans (fr. balance - muvozanat, tarozining ikki pallasi) - doimiy o’zgarishda va o’zaro bog’liq kattaliklarning holatini ko’rsatuvchi, ko’rsatkichlar tizimi, tenglik. Balans ikki qismdan iborat bo’lib, belgilangan muddatga tuziladi. Balansning tomonlar ko’rsatkichlarining o’zgartirilishlarini aks ettirib, ikkala tomonning o’zaro bog’liqligini ko’rsatadi. Ikkala tomon ko’rsatkichlarining jami summasi doimo teng bo’lishi lozim. Balans bir korxona, ishlab chiqarish birlashmasi, vazirlik (buxgalteriya balansi, sub’ektning daromad va xarajatlari balansi), hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tuzilishi mumkin (aholining pul mablag’lari va xarajatlari balansi, asosiy jamg’armalar balansi, to’lov balansi, savdo balansi, qishloq xo’jalik mahsulotlarining balansi).
Balansdagi hisobvaraqlar - buxgalteriya balansidagi ko’rsatkichlarni aks ettiriladigan buxgalteriya hisobvaraqlaridir. Bunda balans moddasi nomi balansdagi hisobvaraqlar nomi bilan mos kelishi shart degan ma’no kelib chiqadi. Birgina balans hisobvarag’ining ko’rsatkichi balans moddalarining bir nechtasida aks ettirilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobida shunday hisobvaraqlar mavjudki, ular buxgalteriya balansi tuzilmagunga qadar yopilmaydi. Bu hisobvaraqlarda oy oxiriga qoldiq qolmaydi. Bu tranzit hisobvaraqlar bo’lib hisobvaraqlar rejasidagi 9 bo’lim “Daromadlar va xarajatlar”ni hisobga oluvchi hisobvaraqlardir.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin