Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə457/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Birlamchi hujjatlar - buxgalteriya hujjatlari bo’lib, xo’jalik jarayoni sodir bo’lgan vaqtda tuziladi va ular sodir etilganligi haqida birlamchi guvohnoma hisoblanadi.
To’ldirilgan birlamchi hujjatlar xo’jalik jarayonlarining hisobda aks ettirishning boshlanishidir. Birlamchi hujjatlarga kassa kirim va chikim orderlari, yuk xatlari, qabul qilish va topshirish dalolatnomalari, naryadlar, pattalar va boshqalar misol bo’ladi.
Hisob yozuvlarini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida ko’pchilik hollarda birlamchi hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari ma’lumotlarni o’zida aks ettirishiga ko’ra birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.
Hujjatlar qaerda tuzilishiga ko’ra ichki va tashqi hujjatlarga guruhlanadi.
Hujjatlar o’z vazifasiga ko’ra esa, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • tasdiqlovchi hujjatlar;

  • farmoyish hujjatlar;

  • kombinatsiyalangan (farmoyish-tasdiqlovchi) hujjatlar;

  • rasmiy hujjatlar;

  • axborot hujjatlari.

Biznes - foyda keltiruvchi iqtisodiy faoliyat (tadbirkorlikka qarang).
Biznes segmenti – korxonaning muayyan qismini yoki nisbatan mustaqil bo’linmasini ma’lum vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratish.
Biznes tarkibini o’zgartirish bo’yicha qarorlar – korxonaning tanlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq uning tashkiliy tuzilmasini mukammallashtirish, ishlab chiqarishni markazlashmagan holda boshqarish imkonini beruvchi boshqaruv qarorlari.
Blanka (fr. blanc - varakalar) - zaruriy belgilari mavjud bo’lgan bosma ko’rinishidagi hujjat shakli. Blankalardan buxgalteriya hujjatlarini to’ldirishda foydalaniladi. Bunda bosma ko’rinishidagi namunada yoki qo’l yozuvida hujjatlar to’ldiriladi. Blankalardan foydalanish hujjatlarni to’ldirishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, ularni yagona ko’rinishiga olib keladi. Ma’lum bir blankalar isrof qilinishining, oldini olish maqsadida qat’iy hisobga olinadi va har biriga tartib raqamlari qo’yib chiqiladi. Masalan, kassa kitobi, bosh kitob shunday blankalardan hisoblanadi.
Bonifikatsiya (fr. bonifico - yaxshilayman) - agar shartnomada belgilanganidan tovarning sifati yuqori bo’lsa, shu shartnomaga asosan, ushbu tovarning bahosiga ustama. Teskari bonifikatsiya (refaktsiya) - shartnomada kelishganidan tovar sifati past bo’lsa, shu tovar bahosidan chegirma.
Bonlar - 1. Davlat, alohida muassasa va tashkilotlar tomonidan chiqariladigan qarz majburiyatlari. 2. Almashtiriladigan pul sifatida aylanmaga vaqtincha chiqariladigan, mayda qiymatga ega bo’lgan qog’oz pul belgilari.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin