Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə461/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Buxgalteriya arxivi - oldingi davrlarga tegishli hujjatlar va hisob registrlaridir. Buxgalteriya arxivi, buxgalteriya hisobi shakli va ko’rsatmalarga mos ravishda tashkil etiladi.
Buxgalteriya arxivining mavjudligi har tomonlama foydalidir. O’tgan davrdagi buxgalteriya hisobi hujjatlari biror bir maqsad uchun kerak bo’lib qolishi mumkin va undan foydalanish imkoniyati buxgalteriya arxivi tomonidan yaratiladi.
Buxgalteriya balansi - ma’lum bir davrda xo’jalik mablag’lari va ular manbalarining pul qiymatini guruhlab va umumlashtirib aks ettirish usuli.
Buxgalteriya balansi asosan har chorak va yil oxirida tuziladi, uning o’zaro bog’liq ikki, aktiv va passiv qismlari mavjud. Balansning aktiv qismida xo’jalik mablag’lari, passivida esa, tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Uning ikki qismiing jami summasi har doim teng bo’ladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, aktivda ham assivda ham birgina xo’jalik mablag’larining hajmi aks ettirilgan, faqat har xil guruh (aktivda mablag’ turlari, passivda esa, mablag’ manbalari bo’yicha)larda aks ettiriladi.
Balansning aktiv va passiv qismlari bo’limlarga, bo’limlari esa, moddalarga bo’linadi. Balansning ma’lumotlari asosida korxona faoliyati bo’yicha bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Balans ma’lumotidan foydalanib maqsadli mo’ljallangan mablag’larning ishlatilishini kuzatish mumkin. Balans hammaga tushunarli, aniq, to’g’ri, foydali va o’z vaqtida to’ldirilgan bo’lishi lozim.
Buxgalteriya daftarlari - sintetik va analitik hisobni hujjatlarga asosan qayd qilish.
Daftar (kitob) varaqalariga nazoratni olib borish maqsadida oldindan tartib raqamlari yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftarlari buxgalteriya hisobining eskirgan shakli memorial-orderda keng qo’llanilsada, boshqa shakllarda ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, jurnal-order hisob shaklida asosiy vositalar bo’yicha buyum varaqasi (inventar kartochka) qo’llanilmasa, asosiy vositalar hisobidan foydalanish mumkin.
Qo’l mehnatida olib boriladigan buxgalteriya hisobida bosh daftardan foydalaniladi, hamma buxgalteriya hisobi shakllarida ham kassa daftari ishlatiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin