Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining guruhlanishi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə464/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining guruhlanishi. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarini o’rganish va to’g’ri qo’llash maqsadida ma’lum belgi va xususiyatlariga ko’ra, guruhlarga ajratish. Buxgalteriya hisobi ob’ektlari xo’jalik mablag’lari ularning tashkil topish manbai va xo’jalik jarayonlarining turli-tumanligi va ko’pligi buxgalteriya hisobida har xil hisobvaraqlardan foydalanishni taqozo etadi. Hisobvaraqlardan to’g’ri foydalanish uchun ularning har birining xususiyati, tuzilishi, iqtisodiy mazmuni, ya’ni ma’lum bir hisobda qaysi ob’ekt aks ettiriladi va qanday ko’rsatkichlar haqida ma’lumot olish mumkin, aylanma va qoldiqlarining xususiyati, xo’jalik moliyaviy faoliyatining nazoratidagi, mahsulot tannarxini aniqlashdagi, moliyaviy natijani hisoblashdagi ahamiyatini bilib olish lozim. Har bir hisobvaraq, o’z xususiyatiga ega. Shu bilan birga ma’lum hisobvaraqlar guruhiga tegishli umumiy xususiyatlar ham mavjud.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari - xo’jalik jarayonlari sodir bo’lganligi yoki sodir etilishiga huquq beruvchi yozma guvohnoma (isbot). Buxgalteriya hisobining hujjatlari belgilangan shaklda, nashriyotda chop etilgan varaqalarda to’ldiriladi. Ayrim hollarda xo’jalik jarayonlarini ba’zi turlarini aks ettirish uchun belgilangan hujjat shakli yo’q, bunday hollarda hujjatlarga qo’yilgan talablarga amal qilinib, hujjatlar to’ldiriladi. EHMdan foydalanishda buxgalteriya hisobining xo’jalik jarayonlari mashina xotirasiga kiritiladi va yig’ilgan ma’lumotlar (yozma) qog’oz hujjatlar o’rnini bosadi.
Buxgalteriya hisobi vazifalari (funktsiya - lat. functio - bajarish amalga oshirish) - buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan ishlar, vazifalar. Buxgalteriya hisobi oldida 3 ta asosiy vazifa turadi:
A. Reja bajarilish ustidan nazorat olib borish.
Korxona buxgalteriya hisobida bu vazifa quyidagicha aniqlashtiriladi:
1) mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish reja bajarilishi, rejada belgilangan mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini kuzatish, nazorat qilish, reja bajarilishi o’sishi omillarini aniqlash;
2) mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish, tannarxni tobora kamaytirish omillarini topish;
3) korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish;
4) biznes moliya rejasi bajarilishini nazorat qilish.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin