Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə490/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Kredit kartochkasi - pul hujjati bo’lib, emitent tomonidan chiqariladi hamda, uning egasiga turli xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovni amalga oshirish huquqini beradi. Kredit kartochkasi egasining tegishli muassasadagi hisobida mavjud bo’lgan mablag’lar holatini bildiradi.
Kredit kartochkasini savdo korxonasi yoki xizmat sohasidagi korxonalarga ko’rsatgan shaxs hisobga imzo chekadi. Xizmat ko’rsatgan korxonalar esa davriy ravishda emitent muassasa bilan hisoblashadi. Bunday hisob-kitobda emitent muassasa kredit kartochkasi egasining joriy hisob varag’idan tegishli summani o’chirib qo’yadi.
Kredobank. 1. Davlat banki litsenziyasiga asosan Kredobankka “BUTEK” kontserni ishtirokchisi bo’lgan korxonalarga, hamda ular ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalarga xorijiy valyutada hisobvaraq ochishga ruxsat berilgan.
2. Kredobank o’zaro hisob-kitob bo’yicha jarayonlarni faqat “BUTEK” kontsernining korxonalari va qatnashchilari uchun amalga oshiradi.
3. Bank hisobvaraqlaridagi valyutalar dunyoning turli mamlakatlarida individual mijoz tomonidan naqd olinishi mumkin. Xodimlar kelgusida kredit kartochkalarni qo’llashni istisno qilishmaydi.
4. Kredobank o’z mijozlarini tijorat kreditlash bo’yicha xorijiy valyutalar bilan aktiv jarayonlarni amalga oshirishni, shuningdek, paychi va jamg’aruvchilarga foizlarni olish imkonini yaratadigan xorijiy davlatlar banklarida valyuta mablag’larini joylashtirishni mo’ljallamoqda.
Kreditorlik qarzlari - ma’lum bir korxonaning boshqa bir korxona (tashkilot, muassasa)ga va alohida jismoniy shaxslarga bo’lgan qarz summalari. Bu korxona va shaxslar kreditorlar hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi sababi, xaridor va mol etkazib beruvchi o’rtasidagi hisob-kitoblar usuliga (xaridor tomonidan to’lov tovarlar kelib tushgandan so’ng amalga oshirilganda) yoki korxona tomonidan to’lov majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmasligidir. Korxonada bir vaqtning o’zida ham kreditorlik, ham debetorlik qarzlari vujudga kelishi mumkin. Biroq kreditorlik qarzlari debitorlik qarzlaridan oshib ketimasligi lozim. Chunki, debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlarini qoplash manbai bo’lishi mumkin. Kreditorlik qarzlari korxona balansining passiv qismida aks ettiriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin