Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə492/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Litsenziya kelishuvi - litsenziya, “nou-xau”, tovar belgilari va boshqalardan foydalanish huquqini berish haqidagi kelishuv. Litsenziya kelishuvi patentli litsenziyani, bir necha patentlarni va ular bilan bog’liq “nou-xau”larni yoppasiga, ixtiro patentlarisiz “nou-xau”larning foydalanish uchun berilishini o’zida jamlashi mumkin.
LIFO - 1. Tovar-moddiy boyliklarini so’nggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya bahosi bo’yicha hisobga olish usuli. LIFOning qo’llanilishi foyda summasini ko’payishi yoki kamayishi imkoniyatini beradi.
2. Jamg’armachiga foiz summalarida yutuqni ta’minlovchi, bankdan jamg’arma qismini muddatidan oldin olishda foizni hisoblash usuli.
Lombard jarayonlari - qarz oluvchining garovi (kafolati) asosida ssuda berish.
Lot - tovar partiyasi. Kelishuvdagi o’lchov birligi.
Mahsulotlar tannarxi – mahsulotlar ishlab chiqarishga sarflangan bevosita xarajatlarning yigindisi.
Majburiy to’lov - egasining roziligisiz hisob-kitob hisobvarag’idan pul mablag’ining o’tkazilishi. Masalan, majburiy to’lovlariga: davlat byudjetiga, davlat ijtimoiy sug’urtasiga to’lov, sug’urta to’lovlari va boshqa belgilangan qoidalarga asosan to’lovlar kiradi.
Makler - fond, tovar va valyuta birjalarida kelishuvlarni amalga oshiruvchi vositachi (brokerga qarang).
Manzil (fr. adrekke) - korxona, tashkilot va muassasa yoki ma’lum bir shaxsning joylashgan eri. Manzil to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi, shartnoma va boshqa hujjatlarda ko’rsatiladi. Manzilning aniqligi va hujjatlarda to’g’ri aks ettirilishi lozim bo’lib, iqtisodiyotning bo’g’inlaridagi hamma sohalar bo’yicha o’zaro munosabatlarda katta ahamiyatga egadir.
Materiallar - shunday buyumlarki, ularga inson mehnati sarflanib, tayyor mahsulot olinadi. Ishlab chiqarishda o’z shaklini saqlab qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekinlik bilan o’tkazuvchi mehnat vositalaridan farqli o’laroq, mehnat buyumlari o’z qiymatini mahsulotga to’liq o’tkazib, ishlab chiqarishda to’la iste’mol qilinadi va har bir ishlab chiqarish tsiklidan so’ng boshqa mehnat buyumlari - materiallar ishlatiladi.
1000 - “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” korxonaga tegishli mavjud xomashyo, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, idishlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va shunga uxshash boyliklar va ularning harakati haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan.
Olib kelingan (tayyorlangan) materiallarning haqiqiy tannarxi olib kelish (tayyorlash) bahosi va ularni korxonaga keltirish va tayyorlash xarajatlaridan iborat.
Marja - (frantsuzchadan - chet) savdo, birja, sug’urta va bank amaliyotlarida tovarlarning bahosi, qimmatbaho qog’ozlarning kurslari, foiz miqdorlari va boshqa ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqlarni ifodalashda qo’llaniladigan atama. Savdo amaliyotida marja deganda, asosan, tovarlarni sotib olish va sotish baholari o’rtasidagi farq tushuniladi.
Fond jarayonlarida qimmatbaho qog’ozlarning kelishuvni tuzish va amalga oshirish kunlaridagi kurslari o’rtasidagi farq, shuningdek, xaridor va sotuvchilarning baholari o’rtasidagi farq marja deyiladi. Bank amaliyotida marja termini quyidagilarning farqlarini bildiradi: jalb etiladigan va beriladigan kredit miqdorlari; qarzdorlar turli kategoriyalari bo’yicha kreditlarning miqdorlari; berilgan kreditni ta’minlovchi summa va shu berilgan kredit summalari va boshqalar o’rtasidagi farqlar.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   488   489   490   491   492   493   494   495   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin