Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə493/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Marketing (inglizchadan savdo) - ishlab chiqarish - savdo muammolarini hal etishda kompleks dasturi - maqsadli yondashish. Marketingning asosiy usullari: bozorni va bozorning ishlab chiqaruvchilarga bo’lgan talabini chuqur o’rganish, xaridorlarning didi va xohishi, talabga javob beradigan tovarlarnigina ishlab chiqarish va hokazo.
Marketing bu tovarlar, xizmatlar talabini oldindan ko’ra bilish, boshqarish va qondirishdir.
Mapja - 1. Bankning vositachilik jarayonlarida - mijozga beriladigan ssuda foizi bilan, bank jalb etgan mablag’ning foizi o’rtasidagi farq, ya’ni bankning vositachilikdan oladigan daromadini tashkil etadi. 2. Valyuta savdosi jarayonlarida - bankning mijozlarga sotadigan valyuta kursi hamda sotuvchi va xaridor kursi bo’yicha sotib olish kurslari o’rtasidagi farq, ya’ni bankning valyuta savdosidan oladigan daromadini bildiradi.
Marjinal daromad – korxonada mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o’rtasidagi farq.
Marjinal daromadning o’rtacha hajmi – mahsulot (ish, xizmat)lar bahosi bilan o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar o’rtasidagi farq.
Marjinal daromad koeffitsienti – mahsulot sotishdan tushgan tushumdagi marjinal daromadning ulushi.
Markazlashgan buxgalteriya - buxgalteriya hisobini markazlashtirishning yuqori shakli bo’lib, unda bir xil faoliyat yurgizayotgan bir birlashmaga qarashli korxonalar xo’jalik va moliyaviy faoliyatining buxgalter hisobi markazlashtirilgan holda buxgalteriya idorasida olib boriladi. Ma’lumki, bunda, buxgalteriya hisobi mexanizatsiyalashadi.
Markazlashmagan buxgalteriya - bu buxgalteriyaning korxonalarda faqat birlamchi hujjatlar to’ldiribgina qolmay, sintetik va analitik hisob yuritishi, shuningdek buxgalteriya balansi ham to’ldirishi mumkin. Qisman (to’liq bo’lmagan) buxgalteriya ham yuritilishi mumkin, unda ma’lum bir hisob ishlari bajarilib, ammo balans tuzilmasligi mumkin. Hisob jarayoni bosh hisobchiga ishlab chiqarish hisobotini topshirish bilan tugaydi.
Markazlashmagan buxgalteriyaning ahamiyati shundaki, unda hisob ma’lumotlaridan xo’jalik boshqaruvi joylarda foydalanish mumkin.
Ammo shu bilan birga quyidagi kamchiliklari ham bor: hisob ishchilari mehnatining taqsimlanishini qiyinlashtiradi; hisobni taqsimlashga to’sqinlik qiladi; hisob ishchilarining sonini va ishchilar hajmini oshiradi.
Shuning uchun ham markazlashmagan buxgalteriyadan kerak bo’lgan hollardagina foydalaniladi. Korxona bo’limlari turli joylarda bo’lsa, korxona bo’limlari turli manba va tartibda moliyalashtirilganda, markazlashmagan buxgalteriyadan foydalanish oqilona hisoblanadi.
Ma’lumot berish (lat. informatio - tanishtirish, xabar berish) - biror bir shaxsning faoliyati yoki ish holati haqida tanishtirish, xabar berish.
Hisob ma’lumoti iqtisodiy ma’lumotning bir turi bo’lib, buxgalteriya hisobi, tezkor hisob va statistik hisob turlariga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobining nazorat vazifasi dastlabki nazorat, joriy va keyingi nazorat bo’lib hisoblanadi. Bu vazifa xo’jasizlik, mulkchilikni talon-taroj qilish, qonunga xilof yoki maqsadsiz mablag’ sarflash, daromadning yashirilishi va hokazolarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.
Menejment - ishlab chiqarishning samaradorligini va foydasini oshirish maqsadida, uni boshqarishning strategiya, falsafa, printsip, usul va shakllarining summasidir.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   489   490   491   492   493   494   495   496   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin