Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Svift - kompyuter seti orqali xalqaro to’lovlarni amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi. Svitch



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə507/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Svift - kompyuter seti orqali xalqaro to’lovlarni amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi.
Svitch - bir qimmatbaho qog’oz yoki valyutalar bo’yicha majburiyatlarni bekor qilish va boshqalari bilan kelishuv tuzish, blokirovka qilingan hisobni foydalanishi bo’yicha jarayon, uchinchi davlatga kliring yoki boshqa ikki tomonlama hisob qoldig’iga, rasmiy kursga qarama-qarshi chegirtma bilan yon berish.
Tabiiy kamayish - tovar moddiy boyliklarni saqlash jarayonida qurish, bug’lanish, sochilish va boshqa tabiiy hodisalar tufayli miqdoriy kamayishi. Tabiiy kamayish tufayli yuz bergan kamomad inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Bunday inventarizatsiyalarni o’tkazish tartibi va muddati tegishli ko’rsatmada berilgan. Tabiiy kamayish belgilangan me’yor darajasidan oshmasligi lozim. Aniqlangan kamomad 5910 - “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” hisobvarag’ining debetiga yoziladi va tegishli hisobvaraqlar kreditlanadi, ya’ni 2800 - “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”, 2900 - “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” kabi.
Takroran rejalashtirish – korxona rahbariyati bilan bo’linmalar va funktsional xizmatlar o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni o’rnatish.
Tayyor mahsulot - korxonaning texnik sharoit va belgilariga javob beruvchi to’liq ishlab chiqarish natijasidagi mahsulot. Tayyor mahsulot texnik nazoratdan o’tkazilib, belgilangan hujjatlar to’ldirilib keyin omborga beriladi. Ba’zi hollarda ishlab chiqarishdan to’g’ridan to’g’ri xaridorga jo’natiladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayyor mahsulot hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlar turli nom va shakllarda bo’ladi. Masalan, sanoat korxonalarida qabul qilish-berish hujjatlari, qishloq xo’jalik korxonalarida esa dalalardan mahsulotni jo’natish reestrlari, mahsulotni qabul qilish kundaligi, sut sog’ish hisob daftarchalari va boshqalar ishlatiladi. Ombordagi mahsulot turlari bo’yicha qiymat o’lchov birligida hisobga olinadi. Buning uchun ombor hisobida kitob va varaqalardan foydalaniladi. Har bir mahsulot turi uchun varaqa yoki kitobning bir necha varaqalari ajratiladi. Bu hujjatda mahsulotning nomi, raqami, markasi, o’lchov birligi, bir donasining bahosi ko’rsatilgan bo’lishi zarur. Har kuni ishonch hujjatlari asosida ombor varaqa (kitob) hujjatida kirim va chiqim hisoblanib, mahsulot qoldig’i aniqlanadi. Shu yo’l bilan tayyor mahsulot zahiralarining holati haqida ombor xodimi to’liq ma’lumotga ega bo’ladi.
Tayyor mahsulot joriy hisobda rejaviy qiymatda, shartnoma bahosida, haqiqiy qiymatda yoki ixtiyoriy chakana bahoda aks ettiriladi.
Oy oxirida tayyor mahsulo thaqiqiy tannarxi hisoblanadi, bu buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Ba’zi tarmoq korxonalarida, masalan, qishloq xo’jalik korxonalarida tayyor mahsulot tannarxini har oyda hisoblab bo’lmaydi. Bu korxonada mahsulotning haqiqiy tannarxi yil oxirida hisoblanadi. Shuning uchun oylik va choraklik balanslarida mahsulotning tannarxi reja bo’yicha ko’rsatiladi. Yil boshi 1 yanvar balansida esa, haqiqiy qiymatda aks ettiriladi.
Tayyor mahsulot hisobi uchun 2800 - “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”dan foydalaniladi.
Tarif - miqdorlar tizimi bo’lib, unga ko’ra xizmatlar uchun to’lov olinadi. Eng ko’p tarqalganlari: yuklarni, yo’lovchilarni tashish uchun - transport tariflari, elektroenergiya, gaz, suv va boshqalardan foydalanish uchun - maishiy xizmat tariflari, tovarlarni davlat chegarasidan o’tkazish - bojxona tariflari.
Tahlil (grekcha analytik - bo’lish, qismlarga ajratish) - murakkab narsa va hodisalarni bo’lish yo’li bilan qismlarga ajratish, bu qismlarni solishtirish va ular o’rtasidagi munosabat va o’zaro bog’liqlikni ilmiy o’rganish usuli.
Tahlil katta ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotda keng qo’llaniladi.
Iqtisodiy tahlil korxona va birlashmalarda rejaning bajarilish darajasini, mahsulot tannarxiga ta’sir qiluvchi omillar, mehnat unumdorligi, moliyaviy natija, asosiy vositalarning samaradorligi va boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi va olingan ma’lumotlardan korxona tashkilot va birlashma, tarmoq va umuman iqtisodiyot bo’yicha tegishli xulosa va qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   503   504   505   506   507   508   509   510   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin