Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tezkor (qisqa muddatli) rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə509/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Tezkor (qisqa muddatli) rejalashtirish – kun, hafta, dekada, oy, chorak yoki bir yil davomida korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatini rejalashtirish.
Tizimli yozuv - xo’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobvaraqlarida ma’lum bir tizimga solib aks ettirish. Bunday yozuv yordamida xo’jalik jarayonlarini iqtisodiy belgilariga ko’ra kerakli guruhlarga ajratib, hujjatlarda aks ettirish mumkin. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi ob’ektlari haqida ma’lumotlar olish imkonini beradi. U alohida hisob registrlarida (asosiy kitob) yoki xronologik yozuv bilan birga bir registrda (jurnal-order) olib borilishi mumkin. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv ma’lumotlari bilan aloqada bo’ladi.
Tovar - sotish uchun xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan mahsulot.
Tovar belgisi - tegishli davlat muassasasidan ro’yxatdan o’tgan, tovarga yoki uning o’roviga qo’yiluvchi, bildirma. Shu tovarni va ularni ishlab chiqaruvchilarning individualligini bildirishga xizmat kiladi.
Tovar birjasi - tovar bozori ko’rinishlaridan biri bo’lib, tovarlarning ulgurji savdosi amalga oshiriladi. Birjada tovarlarning namunalari va andozalari oldindan belgilangan hajmda xaridorlarga taklif qilinadi. Tovarlarning namunalari bilan tanishgan xaridor oldindan ko’rmasdan kerakli hajmdagi tovarlarni xarid kiladi.
Tovarlarning kamomadi - tovarlarni qabul qilish, saqlash jarayonlarida ro’y beradigan yuqotishlar. Tovarlarning yuqotilishi tabiiy kamayish me’yorida va undan yuqori bo’lishi mumkin. Yuqotishlar tabiiy kamayishdan tashqari moddiy javobgar shaxslar, mol etkazib beruvchilarning aybi va xatosi bilan ham vujudga kelishi mumkin (tabiiy kamayish, da’vo yuzasidan hisob-kitoblarga qarang).
Trakatsiya - kelishuvni amalga oshirishda, qiziqishini bildiruvchi xaridor va sotuvchilarni aniqlash maqsadida tovarni sotib olish va sotish haqidagi oldindan taxminiy qarashlar.
Transaktsiya - turli maqsadlar uchun pul mablag’larini o’tkazish (shu jumladan xorijga) bilan bog’liq bank jarayonlari.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   505   506   507   508   509   510   511   512   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin