Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Turli debitorlar va kreditorlar bilan



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə86/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

3.7. Turli debitorlar va kreditorlar bilan
hisob-kitoblar hisobi

Ta’minotchilar va pudratchilar bilan, shuningdek xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblardan tashqari korxonalar notijorat operatsiyalar bo’yicha turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi.


Bu operatsiyalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas va qo’shimcha xarakterdagi operatsiyalar bilan bog’liq. Bu operatsiyalar tashkilotning odatdagi faoliyati bilan bog’liq emas. Misol uchun, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur materiallar uchun mol etkazib beruvchiga qarz qiymati, 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’ida aks ettiriladi, lekin tashkilot xodimlarini o’qish xarajalari kreditorlik qarzlar tarkibida 6990 “Boshqa majburiyatlar”hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Yuqorida tushuntirish berilgan olinadigan hisobvaraqlarda ko’rsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar, da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar va boshqalar bo’yicha debitorlar bilan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism”;
4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”;
4830 “Olinadigan foizlar”;
4840 “Olinadigan dividendlar”;
4850 “Olinadigan royalti”;
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”;
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” hisobvarag’ida shartnomaga muvofiq, moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan ijara to’lovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara to’lovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” hisobvarag’ida shartnomaga muvofiq ijara bo’yicha olinadigan ijara to’lovlari hisobga olinadi. Ijara to’lovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” hisobvarag’i 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda debetlanadi. Ijara to’lovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4830 “Olinadigan foizlar” hisobvarag’ida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati o’tgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular bo’yicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi.
4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvarag’ida qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlarni hisoblash bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4850 “Olinadigan royalti” hisobvarag’ida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining debetida da’volar bo’yicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) mol etkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning hisobvaraqlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek arifmetik xatolar aniqlanganda - mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan hisobvaraqlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda yozuvlar amalga oshirilganidan so’ng aniqlanganda, mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar yoki ishlab chiqarish zahiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda;
b) mol etkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda;
c) mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va bo’sh turib qolishlar bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda;
d) korxonaning hisobvaraqlaridan noto’g’ri hisobdan chiqarilgan (o’tkazilgan) summalar bo’yicha bank muassasalariga pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda;
e) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, to’lovchilar tomonidan tan olingan yoki iqtisodiy sud tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar bo’yicha (to’lovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan da’volar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda kelib tushgan to’lovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak bo’lmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu hisobvaraqlarga 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha olib boriladi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob da’volar bo’yicha alohida yuritiladi.
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” hisobvarag’ida yuqoridagi hisobvaraqlarda ko’rsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida turli debitorlar qarzlarini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi keltirilgan:
1) Moliyaviy ijara bo’yicha to’lovlarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o’tkazilishi:
D 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism”
K 0920 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
2) Operativ ijara bo’yicha olinadigan summalarni hisoblash:
D 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
K 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”.
3) Ijara bo’yicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushdi:
D 5000 “Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism” yoki
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
4) Olingan veksellar bo’yicha foizlar hisoblandi:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”.
5) Mijozlardan kelib tushadiganlar aks ettirildi:
a) foizlar:
D 4830 “Olinadigan foizlar”
K 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar”.
b) dividendlar:
D 4840 “Olinadigan dividendlar”
K 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar”.
c) royalti:
D 4850 “Olinadigan royalti”
K 9510 “Royalti ko’rinishidagi daromadlar”.
6) Korxonaning bankdagi hisobvaraqlariga foizlar va dividendlar kelib tushdi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4830 “Olinadigan foizlar” yoki
K 4840 “Olinadigan dividendlar”.
7) Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4850 “Olinadigan royalti”.
8) O’rnatiladigan asbob-uskunalar hisobvarag’ida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar bo’yicha mol etkazuvchilarga da’vo bildirildi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Kapital qurilish uchun ilgari to’langan, hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va hisobvaraqlardagi xatolar bo’yicha pudratchilarga da’vo bildirildi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
10) Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar bo’yicha tovar-moddiy zahiralarning kamomadi bo’yicha mol etkazib beruvchilarga da’vo bildirildi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
11) Kamomadlar, hisobvaraqlardagi xatolar, sifat bo’yicha da’vo bildirildi (1510 - hisobvaraqdan foydalanilganda):
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”.
12) Korxona hisobvaraqlaridan noto’g’ri olingan summalar bo’yicha bankka da’vo bildirildi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
13) Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol etkazib beruvchilarga da’volar bildirildi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
14) Boshqa korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar summasi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”.
15) Qoniqtirilmagan da’vo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarga olib borildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
16) Ajratilgan bo’linmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat ko’rsatildi:
D 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
17) Boshqa korxonalar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli bo’lgan summalar:
D 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
Turli kreditorlar bilan muomalalari bo’yicha qarzlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6910 “To’lanadigan operativ ijara”;
6920 “Hisoblangan foizlar”;
6930 “Royalti bo’yicha qarzlar”;
6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar”;
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”;
6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”;
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”;
6990 “Boshqa majburiyatlar”.
6910 “To’lanadigan operativ ijara” hisobvarag’ida korxonaning operativ ijara bo’yicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyati aks ettiriladi. Hisoblangan ijara summasi 6910 “To’lanadigan operativ ijara” hisobvarag’ining kredit tomonida, ijaraga beruvchiga to’langan summa esa ushbu hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi.
6910 “To’lanadigan operativ ijara” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir operativ ijara shartnomasi bo’yicha alohida yuritiladi.
6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvarag’ida kreditorlar tomonidan berilgan qarzlar va kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. To’lanishi lozim bo’lgan foizlar bo’yicha hisoblangan summalar 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvarag’ining kreditida, foizlar bo’yicha qarzlarni to’lash esa ushbu hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir kreditor bo’yicha alohida yuritiladi.
6930 “Royalti bo’yicha qarzlar” hisobvarag’ida korxonaning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan foydalanish uchun aktivlarning olinishi natijasida vujudga kelgan royalti to’lovlari bo’yicha korxonaning majburiyatlari hisobga olinadi. Royalti bo’yicha hisoblangan qarzlar 6930 “Royalti bo’yicha qarzlar” hisobvarag’ining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6930 “Royalti bo’yicha qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir kreditor bo’yicha alohida yuritiladi.
6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar” hisobvarag’ida korxonaning sotilgan mahsulotlarga kafolatli xizmat ko’rsatish bo’yicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar korxona mahsulotini sotish vaqtida xaridorga kafolatli muddat bersa, ushbu majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud bo’ladi. Kafolat summasi mahsulot sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Korxona o’z tajribasidan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga beriladigan kafolat summasi qanchaga to’g’ri kelishi, ya’ni tovar yoki xizmatning bir birligiga to’g’ri keladigan o’rtacha xizmat qiymatini hisoblab chiqishi va ushbu summani 6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar” hisobvarag’ining kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettirishi mumkin.
6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob kafolat bilan sotilgan har bir mahsulot, ish va xizmatlarning turlari bo’yicha alohida yuritiladi.
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvarag’ida 12 oy davomida to’lanishi lozim bo’lgan uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga o’tkazilganda 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvarag’i to’lanadigan summaga uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda kreditlanadi va uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang’ich summasini kamaytiradi.
Shuningdek ushbu hisobvaraqda moliyaviy ijara bo’yicha ijaraga beruvchi oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi ham aks ettiriladi.
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli majburiyatlarning turlari, qaytarilish muddatlari bo’yicha O’zR hududidagi va uning tashqarisidagi uzoq muddatli majburiyatlarni ajratgan holda alohida yuritiladi.
6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa korxonalar tomonidan bildirilgan da’volar, shuningdek tan olingan (yoki e’tirof etilgan) jarimalar, penyalar va neustoykalar bo’yicha korxonaning qarzi to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Da’volar asosan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlikdan kelib chiqib, 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir kreditor va da’vo bo’yicha alohida yuritiladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’i korxona ishchilariga ma’muriy-xo’jalik va operatsion xarajatlar, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari o’rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Agar sarflangan summa hisobdorlik bo’yicha berilgan summadan oshsa, korxonaning hisobdor shaxs oldida qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’ining kredit tomonida ko’rsatiladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir hisobdor shaxslar bo’yicha alohida yuritiladi.
6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvarag’i turli notijorat muomalalar bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar (o’quv yurtlari, ilmiy korxonalar va sh.k.) oldidagi sud organlarining ijroya hujjatlari yoki qarorlari asosida korxona ishchilarining mehnat haqidan turli korxona va alohida shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo’yicha korxonaning joriy majburiyatlari aks ettiriladi.
6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob boshqa majburiyatlarning har bir turi bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida turli kreditorlar qarzlarini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rsatilgan:
1) Operativ ijara bo’yicha majburiyat hisoblandi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6910 “To’lanadigan operativ ijara”.
2) Operativ ijara bo’yicha qarz to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara”
K 5000 “Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Moliyaviy ijara bo’yicha foiz hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
4) Qarzlar bo’yicha foizlar hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
5) Qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar to’landi:
D 6920 “Hisoblangan foizlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
6) Royalti bo’yicha majburiyat hisoblandi:
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 6930 “Royalti bo’yicha qarzlar”.
7) Hisoblangan royalti to’landi:
D 6930 “Royalti bo’yicha qarzlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
8) Kafolatli xizmat bo’yicha qarz hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar”.
9) Kafolatli xizmat bo’yicha haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarildi:
D 6940 “Kafolatlar bo’yicha qarzlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
K 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
K 9420 “Ma’muriy xarajatlar”.
10) Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga o’tkazildi:
D 7800 “Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 7900 “Turli kreditorlarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”.
11) Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi bo’yicha to’langan summa:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
12) Tan olingan da’volar (xatolar, yo’ldagi kamomad, mahsulot sifatining muvofiq kelmasligi va hokazolar) bo’yicha qarzlar hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”.
13) TMZlardagi arifmetik xatolardan kelib chiqqan da’volar bo’yicha qarzlar (hisob-kitob hujjatlaridagidan haqiqatda kam etkazib berilganda) hisoblandi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
K 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”.
14) Shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar summalari bo’yicha qarzlar (tan olingan yoki arbitraj tomonidan e’tirof etilgan hajmda) hisoblandi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar”.
15) Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
16) Yaroqsiz mahsulot bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlar (qaytarib olib kelish va hokazo) to’lovi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
17) Sotib olingan tovarlar uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
18) Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
19) Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki bartaraf qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlarning to’lovi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
20) Kapital qo’yilmalarda turli korxonalar xizmatlar ko’rsatdi:
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
21) Turli korxona va shaxslardan turli TMZ sotib olindi va har xil xizmatlar qabul qilindi (1510 hisobvaraq qo’llaganda):
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
22) Turli korxonalar asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish tsexlari va xizmat ko’rsatish xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatishdi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
23) Yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar bo’yicha iste’molchilarga bo’lgan qarz:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
24) Boshqa shaxslardan tovarlar kelib tushdi:
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
25) Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ko’rsatgan xizmatlari uchun boshqa korxonalarga bo’lgan qarz:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
26) Boshqa shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
27) Boshqa shaxslardan o’tkazmalar kelib tushdi:
D 5710 “Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
28) Boshqa shaxslardan qimmatli qog’ozlar sotib olindi:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar” yoki
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
29) Turli korxonalarning ijtimoiy soha ob’ektlarini saqlash bo’yicha ko’rsatgan xizmatlari hisoblandi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
30) Sotib olingan aktsiyalarni saqlaganligi uchun depozitariyga bo’lgan qarz hisoblandi:
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin