Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Yillar summasi usuli (kumulyativ usul). Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) ko’ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to’liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar sonlari summasiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Yillar summasi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatidan hamda suratida ob’ektni foydali ishlatish muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa - ob’ektni foydali ishlatish muddati yillari soni summasining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol Asosiy vositalarning taxminiy foydali xizmat muddati - besh yil. Foydali hayot yillarining yig’indisi:
1+2+3+4+5=15.
Hisoblash koeffitsienti: birinchi yilda – 5/15; ikkinchi yilda – 4/15; uchinchi yilda – 3/15 va hokazo. Ob’ektning boshlang’ich qiymati 125 000 ming so’mni tashkil etadi. Tugatish qiymati 5 000 ming so’m. Amortizatsiyalanadigan qiymat 120 000 ming so’m (4.8-jadval).
4.8-jadval
Kumulyativ usul bo’yicha yillar bo’yicha amortizatsiya summasi
Amortizatsiyaning yillik hisoblagan summasi (ming so’m)
Jamg’arilgan amortizatsiya summasi (ming so’m)
Asosiy vositani amortizatsiyalanadigan qiymatini qoldiq summasi (ming so’m)
1-yil
120 000*5/15 = 40 000
40 000
80 000
2-yil
120 000*4/15 = 32 000
72 000
48 000
3-yil
120 000*3/15 = 24 000
96 000
24 000
4-yil
120 000*2/15 = 16 000
112 000
8 000
5-yil
120 000*1/15 = 8 000
120 000
-
Asosiy vositalarning faol qismi uchun oqilona bo’lgan yillik amortizatsiya summasi kamayib boradi. Bundan tashqari, asosiy vositalar qiymatini o’tkazish muddati oshib boradi, agar ob’ekt muayyan vaqt konservatsiya, ta’mirlash, modernizatsiyada bo’lsa.
Tezlashtirilgan yillar yig’indisi usuli bilan ob’ekt qiymatini hisobdan chiqarish ahamiyati shundan iboratki, dastlabki yillarida keyingisiga nisbatan ancha katta hajmda amortizatsiya qilish imkonini beradi. Bu usul asosiy vositalar ob’ektlari uchun qo’llanadi, ularning qiymati foydali xizmat muddatiga qarab kamayadi; ma’naviy eskirish tez sodir bo’ladi; xizmat muddatining oshishi bilan ob’ektni qayta tiklash xarajatlari oshadi. Bu usuldan, xususan, asosiy vositalar ob’ektlariga bosim dastlabki ish yillariga to’g’ri keladigan kichik va yangi tashkil etilgan tashkilotlardagi kompyuter va aloqa vositalariga, mashina va asbob-uskunalarga amortizatsiya hisoblashda foydalanish mumkin.