Sotib olingan materiallar qiymati mol etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga muvofiq aks ettirildi (QQSdan tashqari)
15 000 000
1010
6010
MEB tomonidan taqdim etilgan QQS summasi aks ettirildi
2 250 000
4410
6010
MEB materiallarga bergan hisobvarag’i bo’yicha qarzi to’landi
17 250 000
6010
5110
Boshqa tashkilot ustav kapitaliga o’tkazilayotgan materiallar qiymatidagi QQS summasi materiallar summasiga qo’shildi
2 250 000
1010
4410
Boshqa tashkilot ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi investitsiya shaklida hisobga olindi
17 250 000
0690
4610
Boshqa tashkilot ustav kapitaliga o’tkazilayotgan materiallarning balans qiymati hisobdan chiqarildi
17 250 000
9220
1010
Nazorat savollari
1. Moddiy-ishlab chiqarish zahiralariga ta’rif bering?
2. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarni baholash usullarini aytib bering?
3. Moddiy-ishlab chiqarish zaxilari qiymatida qanday xarajatlarni hisobga olish mumkin?
4. Moddiy zahiralar qanday baholashda hisobga olish mumkin va u nimaga bog’liq?
5. Materiallarning haqiqiy tannarxi va hisob qiymati o’rtasidagi farq qanday hisoblanadi?
6. Olingan moddiy zahiralar buxgalteriya hisobi maqsadlarida va foyda solig’i maqsadlarida baholash usullarida qanday farqlar mavjud?
7. Moddiy zahiralarni sotib olish va realizatsiya etishda soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
8. Boshqa tashkilot ustaviga hissa shaklida kelgusida o’tkazish uchun mo’ljallab sotib olingan moddiy zahiralar bo’yicha QQSni qoplash mexanizmi qanday?
9. Chet el valyutasiga tashqi savdo shartnomalari bo’yicha sotib olingan moddiy zaxaralar bo’yicha kurs farqlari qanday hisobga olinadi?