Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə191/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Korxona xodimlariga mehnat haqi bo’yicha, operatsion va ma’muriy-xo’jalik xarajatlari uchun hisobdorlik asosida, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”;
4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar”;
4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”;
4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
Hisobdorlikka berilgan summaga, xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari” hisobvaraqlari bilan bog’langan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) xarajatlar va sotib olingan qiymatliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar bilan yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa hisobvaraqlar bilan bog’langan holda kreditlanadi.
To’liq ishlatilmagan bo’naklar (masalan, xizmat safarlari uchun) korxona kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200)ning kreditida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari” hisobvaraqlarining debetida aks ettirilishi lozim.
4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” hisobvarag’ida korxona xodimlariga mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Bo’naklarning kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi ko’rsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu hisobvaraqda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladigan, ya’ni 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag’ining debeti va 4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” hisobvarag’ining kreditida mehnat haqi bo’yicha har oylik bo’naklar hisobga olinadi.
4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” hisobvarag’ida korxona xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar hisobga olinadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish tartibi to’g’risidagi Nizomga (ro’yxat raqami 2730, 2015 yil 19 noyabr) muvofiq, chet el valyutasida bo’nak beriladi. Ushbu valyuta bo’nak berilgan kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha so’mga aylantiriladi va so’mda hisobga olinadi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi.
Xizmat safarlari uchun bo’naklar xizmat safari to’g’risidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar ko’rsatilgan holda bo’nak summasini hisoblash asosida beriladi.
4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” hisobvarag’ida umumxo’jalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar va jihozlarni naqd pulga, shuningdek korporativ bank kartalaridan foydalangan holda sotib olish uchun berilgan bo’naklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
4290 “Xodimga berilgan boshqa bo’naklar” hisobvarag’ida 4210 - 4230-hisobvaraqlarda aks ettirilmagan korxona xodimlariga berilgan boshqa bo’naklar hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) bo’yicha analitik hisob har bir berilgan bo’nak bo’yicha yuritiladi.
Quyida xodimlarga berilgan bo’naklarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Mehnat haqi hisobidan bo’nak berildi:
D 4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
2) Xodimlarga kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilgan bo’naklar ushlab qolindi:
D 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
K 4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”.
3) Hisobdor shaxslarga bankdagi hisobvaraqlardan bo’naklar berildi:
D 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
D 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
D 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
4) Hisobdor shaxslarga kassadan bo’naklar berildi:
D 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
D 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
D 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
K 5020 “Chet el valyutadagi pul mablag’lari”.
5) Hisobdor shaxslarga pul ekvivalentlari berildi:
D 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
D 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
D 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”
K 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”.
6) Ishlatilmagan hisobdor summalari kassaga qaytarildi:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutadagi pul mablag’lari”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
7) Ishlatilmagan hisobdor summalari korxonaning bankdagi hisobvarag’iga qaytarildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
8) Hisobdor shaxslar sotib olingan turli xildagi pul ekvivalentlariga haq to’ladi:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
9) Ishlatilmagan pul ekvivalentlari qaytarildi:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
10) Hisobdor shaxslar kapital qo’yilmalar, tovarlar, hayvonlar, materiallar, asbob-uskunalarni sotib olish, etkazib berish, tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshirdi:
D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga olish hisobvaraqlar” yoki
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga olish hisobvaraqlar” yoki
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
11) Hisobdor shaxslar yaroqsiz mahsulot bilan bog’liq turli xildagi xarajatlarni to’ladi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
12) Hisobdor shaxslar asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar, shuningdek umumishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshirdi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
13) Hisobdor shaxslar davr xarajatlariga tegishli bo’lgan turli xildagi xarajatlarni to’ladi:
D 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
14) Hisobdor shaxslar kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan turli xarajatlarni to’ladi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar” yoki
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar” yoki
K 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar”.
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’i korxona ishchilariga ma’muriy-xo’jalik va operatsion xarajatlar, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari o’rtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Agar sarflangan summa hisobdorlik bo’yicha berilgan summadan oshsa, korxonaning hisobdor shaxs oldida qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’ining kredit tomonida ko’rsatiladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir hisobdor shaxslar bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
2) Yaroqsiz mahsulot bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlar (qaytarib olib kelish va hokazo) to’lovi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
3) Sotib olingan tovarlar uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlari”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
4) Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.
5) Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki bartaraf qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlarning to’lovi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin