Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Alohida turdagi mahsulotlar tannarxini hisoblash usullari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə205/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

8.4. Alohida turdagi mahsulotlar tannarxini hisoblash usullari

Kalkulyatsiyalash jarayonida barcha mahsulotlarning tannarxii, uning alohida turlari va alohida turlarining birliklari hisoblanadi.


Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) alohida turlari tannarxini hisoblashda quyidagi usullardan foydalaniladi: bevosita hisoblash, xarajatlarni jamlash, me’yoriy, xarajatlarni mutanosib taqsimlanishi, yo’ldosh mahsulotlar tannarxini umumiy xarajatlar summasidan chiqarish, kombinatsiyalashgan usul.
Bevosita hisoblash usuli. Bu usulning mohiyati kalkulyatsion moddalar bo’yicha qayd qilingan xarajatlarni mahsulot birliklari soniga bo’lishdir. Bu usul eng oson va eng to’g’ri hisoblanadi. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqariladigan tarmoqlarda ishlatiladi. Bundan tashqari, har bir mahsulot turi bo’yicha xarajatlar hisobini alohida amalga oshirish mumkin bo’lsa, bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqarishda ham foydalanilsa bo’ladi.
Bevosita hisoblash usuli, odatda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni jarayonli usuldan foydalanilganda qo’llash mumkin.
Xarajatlarni jamlash usuli. Bu usulda ishlab chiqarish birligining tannarxi uni ishlab chiqarish jarayonining alohida bosqichlari yoki mahsulotning alohida qismlari xarajatlarini jamlab hisoblanadi. Masalan, turbinaning tannarxi uni ishlab chiqarishning har bir texnologik majmuasi uchun xarajatlarni jamlab aniqlanadi.
Me’yoriy usul. Uning mohiyati quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish xarajatlarining alohida turlari, normativ kalkulyatsiyalarda nazarda tutilgan, joriy me’yordagi xarajatlarga muvofiq hisobga olinadi; joriy me’yordan haqiqiy xarajatlar og’ishi operativ hisobda alohida olib boriladi, ayni paytda og’ishlarning paydo bo’lish joyi, ularni paydo bo’lish sabablari va aybdorlari ko’rsatiladi; tashkiliy-texnik tadbirlar joriy qilish natijasida, joriy me’yor xarajatlariga kiritiladigan o’zgarishlar hisobga olinadi, va bu o’zgarishlarni mahsulot tannarxiga ta’sirini aniqlanadi. Mahsulotning haqiqiy tannarxi (Xh) joriy me’yorlar bo’yicha xarajatlar summasi (Xm) me’yordan og’ish miqdori bilan (O) va me’yorlarni o’zgarishi (O’) bilan algebraik qo’shilishi bilan belgilanadi, ya’ni quyidagi formula bo’yicha:
Xh = Xm ± O ± O’.
Mahsulot tannarxini hisoblashning me’yoriy usuli, odatda, turli va murakkab mahsulotlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarish sanoatlarida qo’llaniladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin