Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə222/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar bilan bog’liq xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Korxonaning xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklari sifatida korxonaning maqsadi bo’lgan faoliyati mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish va xo’jaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu hisobvaraqda korxonaning balansida bo’lgan sog’liqni saqlash ob’ektlari, bolalar bog’chalari, uy-joy kommunal xo’jaligi ob’ektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlikka oid ajratilgan bo’linmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvarag’ining debetida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvaraqning debetiga tovar-moddiy zahiralar, mehnat haqi to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvarag’ining kreditida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha tovar moddiy zahiralar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvarag’i bo’yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko’rsatadi.
2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob har bir xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik va xarajat elementlari, moddalari bo’yicha va mahsulot turlari bo’yicha yuritiladi.
Quyida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda band bo’lgan xodimlarga mehnat haqi to’lash xarajatlari:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
3) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga ko’rsatilgan va ularning is’temol qilgan xizmatlari qiymati:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
5) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlarining sotish va ma’muriy xarajatlarga taqsimlanishi:
D 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
6) Hisobot davri oxirida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
7) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning sarflanishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
8) Mahsulot olish uchun hayvonlarning so’yilishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”.
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
10) Materiallar qiymatidagi farqlar hisoblangan ulushda xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar hisobvarag’iga hisobdan chiqarildi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
11) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ehtiyojlari uchun sarflandi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
12) Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borildi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
13) Asosiy tsexlar tayyor mahsulotlarining bir qismi xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning ehtiyojlari uchun ishlatildi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
14) Mol etkazib beruvchilardan xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bug’, energiya va hokazolar) va xizmatlar:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
15) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda sug’urta bo’yicha xarajatlar:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar”.
16) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlariga tegishli bo’lgan ijtimoiy to’lov bo’yicha xarajatlar:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”.
17) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga ko’rsatgan xizmatlari uchun turli korxonalarga bo’lgan qarzlar:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
18) Hisobdor shaxslarga qarzlar:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz”.
19) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning ko’rsatgan xizmatlari:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
20) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarda ortiqcha tugallanmagan ishlab chiqarishning kirim qilinishi:
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
21) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning kapital qo’yilmalarni amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarildi:
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
22) Ilgari xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
23) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning xarajatlari o’stirishdagi va bo’rdoqiga boqilayotgan hayvonlarning tannarxiga kiritildi:
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
24) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning materiallarni xarid qilishda ko’rsatgan xizmatlari va xarajatlari:
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
25) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning xarajatlari (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlari tarkibiga kiritildi:
D 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
26) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan tayyor mahsulotlar kirim qilindi:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
27) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning mahsulotlarni etkazish va sotishda ko’rsatgan xizmatlari hisobdan chiqarildi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
28) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning sotgan mahsulotlari, bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
D 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
29) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan boshqa korxonalarga investitsiya tariqasida mahsulotlar berildi va xizmalar ko’rsatildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
D 9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
30) Ajratilgan bo’linmalarga xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning mahsulotlari berildi yoki xarajatlari hisobdan chiqarildi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
31) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning tabiiy ofat, yong’in va shu kabilar natijasida ko’rgan zararlari hisobdan chiqarildi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” yoki
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin