Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tayyor mahsulotlar hisobi tushunchasi va vazifalari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə243/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

9.2. Tayyor mahsulotlar hisobi tushunchasi va vazifalari

Tayyor mahsulotlar - sotish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish tsiklining oxirgi natijasidir. Bular korxonada ishlab chiqarilgan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, to’liq butlangan, ularni tasdiqlangan tartibda qabul qilish bo’yicha korxona omboriga topshirilgan va sotishga tayyordir.


Texnologik qayta ishlashning barcha bosqich va jarayonlaridan, sinovdan o’tgan, jihozlangan, belgilangan me’yor va talablarga javob bergan, tayyor mahsulotlar omboriga topshirilgan va tegishli birlamchi tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan bo’lsa, mahsulotlar tayyor hisoblanadi. Agar bunday mahsulotlarga nisbatan yuqoridagi shartlardan kamida bittasi bajarilmasa, buxgalteriya hisobida qilingan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari tarkibiga olib boriladi.
4-son BHMS bo’yicha tayyor mahsulotlar va tovarlar korxonaning moddiy-ishlab chiqarish zahiralarining bir qismidir. Tayyor mahsulotni hisobga olish quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
- tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun ma’lumotlarni shakllantirishni amalga oshirish;
- mahsulotlarni qabul qilish va chiqarish bo’yicha operatsiyalarning to’g’ri va o’z vaqtida hujjatlashtirilishini nazorat qilish;
- xaridor va buyurtmachilar to’lovlarining o’z vaqtidaligini nazorat qilish;
- mahsulotlarni jo’natish va sotish bilan bog’liq xarajatlar smetalarining bajarilishini kuzatish;
- tayyor mahsulotlarning saqlash joylarida va harakatning barcha bosqichlarida mavjudligi va butligini nazorat qilish.


9.3. Tayyor mahsulotlarni omborda hisobga olish

Tayyor mahsulotlarni hisobga olishda saqlash joylarida va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha tayyor mahsulotlarning mavjudligi va harakati haqidagi ma’lumotlarning shakllanishini ta’minlash lozim.


Odatda, barcha tayyor mahsulotlar tayyor mahsulotlar omboriga topshirilishi kerak. Istisno tariqasida katta o’lchamli va shunga o’xshash mahsulotlar uchun, texnik sabablarga ko’ra omborga topshirish qiyin bo’lganligi uchun, ruxsat etiladi. Ushbu mahsulotlar ishlab chiqarish, butlash yoki yig’ish joyida xaridor (buyurtmachi) vakili tomonidan qabul qilinishi yoki bevosita shu joylardan jo’natilishi mumkin.
Ombordagi tayyor mahsulotlar harakatini hisobga olish ikki bosqichdan iborat:
- tayyor mahsulotlarni omborga qabul qilish;
- tayyor mahsulotni ombordan xaridorlarga (buyurtmachilarga) realizatsiya tartibida jo’natish yoki uning boshqa shaklda chiqim qilish.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin