Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə263/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)dan daromadlar olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli bo’lgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’i sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’ining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, tegishli: pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan hisobvaraqlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo’yicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; to’lanadigan hisobvaraqlar bilan - mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to’lovlar va bo’naklar bo’yicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i bo’yicha byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debeti va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag’i shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Ushbu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontrpassiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat ko’rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvarag’ining debetida sotish va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) bo’yicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo’yicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va korxonani boshqarish uchun zarur bo’lgan boshqa segmentlar bo’yicha yuritish mumkin.
Quyida asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlari harakati to’g’risida hisobga oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy xo’jalik operatsiyalar bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Jo’natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar (QQS, aktsiz soliqlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki
D 4020 “Olingan veksellar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
2) Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag’lari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
3) Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi:
D 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
4) Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
5) Vositachilik operatsiyalari bo’yicha komission mukofotlar summasi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
6) Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga sotildi:
D 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
7) Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo’lgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi:
D 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
8) Sotilgan tovarlarning qaytishi:
D 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
9) Sotishdan va narxdan chegirmalar berish:
D 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
10) Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” hisobvarag’ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
K 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”.
11) Hisobot davrining oxirida 9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" hisobvarag’ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
12) Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin