Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə266/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “O’tgan yillar foydalari”;
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”;
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag’ining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag’ining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Xo’jalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek etkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari 9340 “O’tgan yillar foydalari” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki tegishli olinadigan hisobvaraqlarning debeti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” hisobvarag’ining kreditida 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Da’vo muddati o’tib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” hisobvarag’ining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari” hisobvarag’ida xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar bajarishi va xizmatlar ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lmagan boshqa daromadlari hisobga olinadi.
Pul mablag’lari va pul ekvivalentlari ko’rinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’lari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvarag’ining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Quyida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlaning namunaviy xo’jalik operatsiyalari bo’yicha bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”.
2) Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 9310 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”.
3) Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”.
4) Hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydalari:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9340 “O’tgan yillar foydalari”.
5) Operativ ijara shartnomasi bo’yicha ijara to’lovlari summasi:
D 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
K 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”.
6) Da’vo muddati o’tishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”.
7) Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar:
D 6900 “Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”.
8) Kamomadlar bo’yicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi:
D 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi”
K 9370 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari”.
9) Tekinga olingan pul mablag’lari:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”.
10) Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardagi, umumishlab chiqarish omborlaridagi materiallarning ortiqchalari kirim qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumiishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
11) Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki boshqa olinadigan hisobvaraqlar
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
12) Mulk sug’urtasi bo’yicha sug’urta tashkilotlaridan kelib tushadigan sug’urta to’lovlari bo’yicha:
D 4510 “Sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
13) Shubhali qarzlar bo’yicha sarflanmagan zahira summasining ushbu zahira tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qo’shilishi:
D 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
14) Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi:
D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
15) Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar:
D 0810 “Tugallanmagan qurilish”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
16) Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan bo’nak summalarining hisobdan chiqarilishi:
D 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
17) Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda"
D 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda"
D 9330 "Undirilgan jarima, penya va ustamalar"
D 9340 "O’tgan yillar foydalari"
D 9350 "Operativ ijaradan daromadlar"
D 9360 "Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar"
D 9370 "Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar daromadlari"
D 9380 "Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam"
D 9390 "Boshqa operatsion daromadlar"
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin