Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarlarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə273/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

10.9. Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarlarni hisobga olishning soliqqa oid jihatlari

Maqsadli moliyalashtirish manbalari vositalari hisobiga sotib olingan mol-mulk va boshqa moddiy qiymatliklar QQS bilan birga to’lanadi, ular xaridordan chegirish uchun qabul qilinmaydi.


Davlat subsidiyalarining maqsadli mablag’lar sifatida tan olinishi hisoblash usuliga ko’ra amalga oshiriladi.
Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarda ular bilan bog’liq chiqimlar (xarajatlar) nisbatini belgilash uchun zarur bo’lgan hisobot davri mobaynida daromad deb e’tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bog’liq subsidiyalar odatda ana shu aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va nisbatlarda daromad deb hisoblanadi.
Muayyan shartlar va majburiyatlar bilan berilgan amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar bilan bog’liq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb e’tirof etiladi.
Qilingan xarajatlar yoki ko’rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi lozim bo’lgan yoki xo’jalik sub’ektiga, kelgusida u bilan hech qanday xarajatlarga bormagan holda, darhol moliyaviy yordam ko’rsatish maqsadida ajratiladigan davlat subsidiyasi u olinishi kerak bo’lgan davrda daromad sifatida, shuningdek favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi.
Davlat subsidiyasi xo’jalik sub’ekti tomonidan avvalgi davrda qilingan xarajatlar yoki ko’rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. Bunday subsidiya u olinishi kerak bo’lgan davrda daromad sifatida, keyinchalik uning ta’sirini belgilash uchun ochish bilan favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi.
Aktivlarga kiritiladigan davlat subsidiyalari, shu jumladan nolikvid subsidiyalar maqsadli tushumlar deb aks ettiriladi va ular aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida muntazam asosda e’tirof etiladi.
Boshqa usullarga ko’ra davlat subsidiyasi tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi va hisoblanadigan yoyilishni qisqartirish yo’li bilan amortizatsiya qilinadigan aktivning foydali xizmat qilishi muddati davomida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarda aks ettiriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin