Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarni hisobga



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə275/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

10.10. Kapital, fondlar va moliyaviy natijalarni hisobga
olish bo’yicha amaliy mashg’ulot

1-misol.


Aktsiyadorlik jamiyati (AJ) 2019 yil 1 iyulda ta’sis hujjatlarida summasi 4 000 000 000 so’m bo’lgan ustav kapitali qiymati ro’yxatga olingan. Aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari sifatida to’rtta aktsiyador e’tirof etildi. Kompaniya ta’sischilari o’zaro yozma bitim tuzdilar, unda jamiyatni tashkil etish bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, ta’sischilar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan aktsiyalar toifalari va turlari, ularni hajmi va to’lash tartibi, ta’sischilarning jamiyatni tuzish bo’yicha huquq va majburiyatlari belgilandi. Har bir aktsiyador ulushi jamiyatning ustav kapitalida to’rtdan bir qismini tashkil etdi.
Jamiyat ro’yxatdan o’tgan ustav kapitali uchun 40 000 dona nominal qiymati 5 000 so’m bo’lgan imtiyozli aktsiya va 760 000 dona qiymati 5 000 so’mlik oddiy aktsiyalar chiqardi.
2019 yil 15 iyulda ta’sischilarning aktsiyadorlik jamiyatiga bo’lgan qarzining bir qismi to’landi. Aktsiyadorlar tomonidan quyidagi aktivlar kiritildi:
- 1 200 000 000 so’m summada asosiy vositalar;
- 1 000 000 000 so’m summada tovar moddiy zahiralar;
- kassaga 6 000 000 so’m miqdorida naqd pul;
- hisob-kitob hisobvarag’iga 1 194 000 000 so’m miqdorida pul mablag’lari qabul qilindi.
Shunday qilib, ta’sischilar tomonidan mavjud qarzlarini qoplash uchun aktivlarni shakllantirish bo’yicha umumiy qiymati 3 400 000 000 so’mlik moddiy boyliklar qabul qilindi.
Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:





Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa, so’m

Hisobvaraqlar bog’lamasi

Debet

Kredit

1

Jamiyatning ustav kapitali (UK) e’lon qilindi

4 000 000 000

4610

8310

2

Ta’sischilar tomonidan ulush sifatida berilgan asosiy vositalar muassislar tomonidan kelishilgan qiymat bo’yicha boshlang’ich qiymat bilan hisobga qabul qilindii

1 200 000 000

0100

4610

3

Ta’sischilar tomonidan berilgan moddiy zahiralarning haqiqiy tannarx bo’yicha hisobga qabul qilindi

1 000 000 000

1000

4610

4

Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga berilgan naqd pullar kassaga qabul qilindi

6 000000

5010

4610

5

Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga o’tkazilgan pul mablag’larihisob-kitob hisobvarag’iga qabul qilindi

1 194 000 000

5110

4610

2019 yilning III choragi bo’yicha moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari asosida aktsiyadorlik jamiyati 440 000 000 so’mlik sof foyda qayd etdi. Dividendlarni to’lash uchun sof foydaning 50% ini, ya’ni 220 000 000 so’mni, ajratishga qaror qilindi.


Birinchi navbatda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi. Har bir imtiyozli aktsiyaga belgilangan 1 000 so’mlik dividend to’lash ko’zda tutilgan.
Shunday qilib, aktsiyadorlik jamiyat imtiyozli aktsiyalariga 40 000 000 so’m (40 000 dona imtiyozli aktsiyalar * 1 000 so’m) ajratadi va 180 000 000 so’m (220 000 000 so’m – 40 000 000 so’m) oddiy aktsiyalar bo’yicha dividendlar to’lash uchun ajratadi.
Lekin shu bilan birga dividendlar barcha oddiy aktsiyalarga emas, balki faqat uning to’langan qismi bo’yicha to’lanadi. Bizning misolimizda ta’sischilar o’z qarzini to’la to’lamaganini ko’ramiz: ustav kapitali 4 000 000 000 so’m miqdorida e’lon qilingan edi va faqat 3 400 000 000 so’m miqdorida to’langan.
Shunday qilib, shakllangan ustav kapitali miqdori 3 400 000 000 so’m, 600 000 000 so’m to’lanmagan kapital miqdoriga teng va shuning uchun ularning miqdori bo’yicha dividendlar to’lanmaydi.
To’lanmagan ustav kapitali summasini bilib, to’lanmagan aktsiyalar sonini aniqlaymiz: 120 000 ta oddiy aktsiyalar (600 000 000 so’m / 5 000 so’m). Binobarin, to’langan aktsiyalar soni 640 000 ta oddiy (to’langan) aktsiya (760 000 ta oddiy aktsiya – 120 000 ta oddiy (to’lanmagan) aktsiya) teng bo’ladi.
Bitta oddiy aktsiyaga dividendlar summasi 281,25 so’mga (180 000 000 so’m / 640 000 oddiy (to’langan) aktsiyalar) to’g’ri keladi.
Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:



Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa, so’m

Hisobvaraqlar bog’lamasi

Debet

Kredit

1

Jamiyat ta’sischilariga ularni imtiyozli va oddiy aktsiyalariga mos ravishda 40 000 000 so’m va 180 000 000 so’m dividendlar hisoblandi

220 000 000

8710

6610

2

Dividendlar bo’yicha daromad solig’i hisoblandi, 5% (2020 yil)

11 000 000

6610

6410

3

Ta’sischilarga aktsiyadorlik jamiyati kassasidan dividendlar to’landi

209 000 000

6610

5010

2 misol


Faraz qilaylik, hisobot davrida korxona vakillik xarajatlari uchun 20 000 000 so’m sarflagan. Biroq, foyda solig’i maqsadlari uchun, normalarda vakillik xarajatlari faqat 14 000 000 so’m miqdorida qabul qilinishi mumkin. Buxgalteriya hisobida vakillik xarajatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to’liq, va soliq hisobida esa faqat uning normativ qiymati doirasida, ya’ni 14 000 000 so’mga tan olinadi.
Buxgalteriya foydasini shakllantirish bo’yicha, soliqqa tortish maqsadlarida qabul qilingan xarajatlarga nisbatan ortiqcha xarajat paydo bo’lyapti, chunki soliq hisobida vakillik xarajatlariga cheklovlar mavjud. Buning natijasida buxgalteriya hisobi va soliq hisobi o’rtasida doimiy farq paydo bo’ladi.
Misolimiz shartlariga ko’ra, vakillik xarajatlari me’yoridan ortiqligi hisobot davrida 6 000 000 so’m miqdorida doimiy farq bo’lishiga olib keldi.
Bu doimiy farq doimiy soliq majburiyati paydo qiladi, uni doimiy farq summasini belgilangan foyda solig’i stavkasi bilan ko’paytirish natijasida aniqlanadi:
6 000 000 so’m * 15 % / 100 % = 1 000 200 so’m.
Hisobot davri uchun byudjetga to’lanadigan foyda solig’i summasi ushbu summaga oshirilishi lozim.

3misol


Faraz qilaylik, asosiy vositalar ob’ekti boshlang’ich qiymati 160 100 000 so’m hisobga olindi. Korxonada boshqa asosiy vositalar ob’ekti mavjud emas. Ob’ektning foydali xizmat muddati 60 oy (5 yil) deb qabul qilingan.
Ushbu asosiy vositalar ob’ektining amortizatsiyasi buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun kamayib boruvchi qoldiq usuli bilan, foydani soliqqa tortish uchun esa – chiziqli usul bilan hisoblanadi deb faraz qilaylik. Bundan tashqari asosiy vositalarning eskirishi natijasida quyidagi ma’lumotlar mavjud, deb taxmin qilaylik:



Ko’rsatkichlar

Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun, so’m

Soliq hisobi maqsadlari uchun, so’m

Asosiy vositalarning ob’ekti 2019 yil 14 fevralda 60 oylik foydali xizmat muddati bilan buxgalteriya hisobiga qabul qilindi.

160 000 000

160 000 000

2019 yilga hisoblangan amortizatsiya summasi

53 333 300

26 666 700

2020 yil 1 yanvar holatiga asosiy vositalar ob’ektining balans qiymati

106 666 700

133 333 300

Jadval ma’lumotlariga ko’ra buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun hisoblangan eskirish summasi foyda solig’i maqsadlari uchun eskirish summasidan oshib ketishi ko’rsatilgan, shuning uchun 26 666 600 so’m (53 333 300 – 26 666 700) miqdorida chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farq mavjud.


Bu farq vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i paydo bo’lishiga olib keldi:
26 666 600 so’m * 15% / 100% = 4 000 000 so’m.
4 misol
Faraz qilaylik, 2019 yil hisobot davri uchun moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2 shakl)da buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha korxonaning soliqgacha bo’lgan buxgalteriya foydasi 140 000 000 so’m miqdorida aks ettirildi.
Buxgalteriya hisobi uchun vakillik xarajatlari 20 000 000 so’mni tashkil etdi va soliqqa tortish maqsadlari uchun ular 14 0000 000 so’m (doimiy farq – 6 000 000 so’m) miqdorida olinishi mumkin.
Hisobot davri oxirida bank krediti bo’yicha hisoblangan va to’lanmagan foizlar summasi 8 000 000 so’mni tashkil etdi (8 000 000 so’mning chegirib tashlanadigan vaqtinchalik farqi bor).
Buxgalteriya hisobi maqsadlarida asosiy vositalarga eskirish summasi 53 333 300 so’mni tashkil etdi.
Foydani soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajat qilib olinadigan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 26 666 700 so’mni tashkil etadi (26 666 600 so’m miqdorida soliq solinadigan vaqtinchalik farq mavjud).
Misol ma’lumotlarini jadvalda aks ettiramiz:



Daromad va xarajatlar turlari

Buxgalteriya foydasi (zarar)ni hisoblash uchun hisobga olingan summalar, so’m

Foyda (zarar)ni soliqqa tortish uchun hisobga olinadigan summalar, so’m

Yuzaga keladigan farqlar
hisobot davri, so’m

1

Vakillik xarajatlari

20 000 000

14 000 000

6 000 000 (DF)

2

Kredit bo’yicha hisoblangan, ammo to’lanmagan foizlar

8 000 000

-

8 000 000 (VF)

3

Amortizatsiya qilinadigan mol-mulkka hisoblangan amortizatsiya summasi

53 333 300

26 666 700

26 666 600 (VF)





Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin