Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə282/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Soliq davri. Soliq kodeksining 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, bir oy soliq davridir.
Soliq stavkasi. Agar Soliq kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Soliq Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
Agar soliq to’lovchida buxgalteriya hisobi yoki soliqqa tortish ob’ekti mavjud bo’lmasa, soliq organlari hisob-kitob yo’li bilan soliq summasini hisoblash huquqiga ega.
Byudjet daromadiga o’tkaziladigan summani hisob qilishda hisoblangan hamda hisobga olinadigan QQS summasini aniq bo’lishi kerak (muvofiq ravishda 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)” hisobvarag’ining debet va kredit tomonlari).
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonada QQSni hisoblash tartibi.
Korxonaga mol etkazib beruvchidan (MEB) shartnoma narxi bilan 2 000 000 so’mga material qabul qilindi va QQS summasi 300 000 so’mga. Mol etkazib beruvchiga material va QQS summasi hisob-kitob hisobvarag’idan o’tkazildi – 2 300 000 sum. Tayyor mahsulot ishlab chiqarildi – 5 000 000 so’m. Xaridorlarga tayyor mahsulot jo’natildi, sotish narxi – 8 000 000 so’m va QQS summasi – 1 200 000 so’m. Xaridorlardan hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari kirim qilindi – 9 200 000 so’m.
1. MEBdan material qabul qilindi:
D 1010 “Xom ashyo va materiallar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” – summa 2 000 000 so’m.
Qabul qilingan materiallar bo’yicha QQS summasini qayd qilamiz:
D 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (QQS bo’yicha)”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” – 300 000 so’m.
2. MEBga materiallar va QQS puli hisob-kitob hisobvarag’idan o’tkazildi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” – 2 300 000so’m.
3. Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot omborga qabul qilindi – summa 5 000 000 so’m:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” – 5 000 000 so’m.
4. Xaridorlarga tayyor mahsulot jo’natildi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” – 8 000 000 so’m.
Bir vaqtni o’zida sotilgan mahsulot tannarxi hisobdan chiqariladi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot” – 5 000 000 so’m.
Sotilgan mahsulot uchun QQS summasini hisoblaymiz:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (QQS bo’yicha)” – 1 200 000 so’m.
5. Xaridorlardan hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari tushum bo’ldi – 9 200 000 so’m:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” - 9 200 000so’m.
6. MEBdan qabul qilingan QQS summasi hisobga olindi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (QQS bo’yicha)”
K 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (QQS bo’yicha)” – 300 000 so’m.
7. Byudjetga QQS summasi o’tkazildi 900 000 so’m (1 200 000 so’m – 300 000 so’m):
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (QQS bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” – summa900 000so’m.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin