Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Soliq davri aktsiz hisoblash bir oydir. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə284/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Soliq davri aktsiz hisoblash bir oydir.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi. Soliq hisoboti, soliq bo’yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq to’lash tartibi. Soliqni to’lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliqni to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aktsiz markalari bilan tamg’alanishi lozim bo’lgan olib kiriladigan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq aktsiz markalari olinguniga qadar to’lanadi.
Aktsiz solig’ini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (Aktsiz solig’i bo’yicha)” va 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Aktsiz solig’i bo’yicha)” hisobvaraqlari qo’llaniladi.
4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (Aktsiz solig’i bo’yicha)” hisobvarag’ining debetiga aktsizli mahsulot ishlab chiqarish uchun MEBga aktsizli tovarlar uchun to’langan aktsiz solig’i hisobga olinadi. Bu xo’jalik muomalasi uchun 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”, 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaraqlari kreditlanadi.
Sotilgan mahsulot uchun aktsiz summasi 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining debetiga va 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Aktsiz solig’i bo’yicha)» hisobvarag’ining kreditiga yoziladi.


Yuridik shaxslarning foyda solig’i
Foyda solig’i Soliq kodeksining XII bo’lim “Foyda solig’i” bilan tartibga solinadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin