Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə289/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Doimiy farqlar hisobi. Doimiy farqlar – uzoq vaqt davomida vujudga kelib, hisobot yilining soliqqa tortilgunga qadar foydasini aniqlashda umumiy daromad summasidan ayriladigan va soliqqa tortiladigan foyda summasini belgilashda soliq bazasiga qo’shib boriladigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy farqlar sifatida, xodimlarga berilgan tekin ovqat xarajatlari, berilgan moddiy yordam summasi, me’yordan ortiqcha sarflangan xizmat safari xarajatlari, to’langan jarima summalari kabi xarajatlarni keltirish mumkin. Doimiy farqlarning xususiyatli tomoni shundaki, ular yuzaga kelgan hisobot yilining natijalarigagina ta’sir ko’rsatadi, ya’ni, ularning ta’siri kelgusi davrlarga ko’chib o’tmaydi.
1 misol. «MAB» korxonasining hisobot yilidagi buxgalteriya foydasi 850 mln. so’mni tashkil qildi. Shu davrda xodimlarni doimiy xarajatlari bo’lib hisoblanuvchi, issiq ovqat bilan ta’minlash xarajatlari 300 mln. so’mni, ko’rsatilgan moddiy yordam summasi 200 mln. so’mni tashkil qilgan. Hisobot davri uchun belgilangan soliq stavkasi 15 % dan iborat. Shunga ko’ra foyda solig’i hisobi qo’yidagicha bo’ladi
Yechim:
1. Buxgalteriya foydasi 850 000 000
2. Doimiy farqlar:
issiq ovqat xarajatlari 300 000 000
moddiy yordam summasi 200 000 000 500 000 000
3. Soliqqa tortiladigan foyda 1 350 000 000
4. Soliq stavkasi 15%
5. Foyda solig’i summasi 202 500 000
Bu xo’jalik muomalasi qo’yidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
D 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar” 202 500 000
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz” 202 500 000
Vaqtinchalik farqlar hisobi. Vaqtinchalik farqlar deb – hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladigan, keyinchalik tegishli shartlar bajarilganda uning tarkibidan bir necha davr davomida chiqarilib boriladigan xarajatlarga aytiladi. Vaqtinchalik farqlar deyilishiga sabab:
- ular ma’lum vaqt mobaynida mavjud bo’ladi;
- bunday moddalarni buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish jarayonida aks ettirish vaqtida farq yuzaga keladi.
Vaqtinchalik farqlar asosan qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin:
- mablag’ning kelib tushishi yoki o’tkazilib berilishi vaqti bilan uni daromad yoki xarajat sifatida tan olinishi vaqtini mos kelmasligi. Masalan, olingan va berilgan bo’naklar; kelgusi davr xarajatlari va h.k;
- yuzaga kelishi va tan olinishi bilan bog’liq davrning mos kelmasligi. Masalan, obligatsiya va veksel muomalalari bo’yicha yuzaga kelgan chegirma va ustamalarni hisobda aks ettirish va ularni xarajat yoki daromad sifatida tan olinishi jarayoni;
- buxgalteriya hisobi va soliq maqsadlarida qo’llanilayotgan baholash usullarining turlicha bo’lishi. Masalan, korxonaning hisob siyosatida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning kumulyativ usulini qo’llash ko’zda tutilgan bo’lsa, soliq qonunchiligi to’g’ri chiziqli usulini tavsiya etishi mumkinligi;
- zahirani yuzaga keltirish vaqti bilan undan foydalanish vaqtining to’g’ri kelmasligi. Masalan, umidsiz debitorlik qarzlari yoki kafolat majburiyatlari bo’yicha zahirani yuzaga keltirish.
Bulardan tashqari vaqtinchalik farqlar yangi mahsulotlar yaratish bilan bog’liq xarajatlarni soliqqa tortish va ularni amortizatsiya qilish davrining mos kelmasligi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. 12-sonli «Foyda solig’i» deb nomlangan Moliyaviy hisobotining xalqaro standartida vaqtinchalik farqlarni yuzaga kelishining yana bir necha shakllari keltirilgan. Vaqtinchalik farqlarning hisobdan chiqarilishi bir necha hisobot davri mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Vaqtinchalik farqlar samarasini aks ettirish usullari turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zan bu to’g’risidagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarning tushuntirish xatlariga kiritilsa, ba’zan ular soliq samarasini buxgalteriya hisobida aks ettirish yo’li bilan o’zini namoyon qiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin