Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Vaqtinchalik farqlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə291/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Vaqtinchalik farqlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar. Bu modda soliqqa tortiluvchi foyda summasini vaqtinchalik farqlar ta’siri natijasi buxgalteriya foydasidan kam bo’lgan holatda yuzaga kelib, muddati uzaytirilgan majburiyatni hosil qiladi. Kelgusi yillarda bu moddadagi summa muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i hisobidan tartibga solinadi. Ushbu holatni misol yordamida ko’rib chiqamiz.
3 misol. “MAB” korxonasi bo’yicha hisobot davrida ishlab chiqarish usulini asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 600 mln. so’mni tashkil qilgan. Lekin soliq kodeksi soliq hisobi uchun eskirish hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini tavsiya etgan. Bu usul bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 850 mln. so’mdan iborat bo’lib qoldi. Bu holatda soliqqa tortiladigan foyda summasini olib keladigan vaqtinchalik farq 250 000 000 so’m (850 000 000 – 600 000 000) yuzaga keladi.
Yechim:
1. Buxgalteriya foydasi 850 000 000
2. Doimiy farqlar (+):
issiq ovqat xarajatlari 300 000 000
moddiy yordam summasi 200 000 000 500 000 000
3. Soliqqa tortiladigan foyda 1 350 000 000
4. Soliq stavkasi 15 %
5. Foyda solig’i summasi 202 500 000
6. Vaqtinchalik farqlar (+;-):
asosiy vositalar eskirishidagi farq (-) (250 000 000)
7.Soliqqa tortiladigan foyda (1 350 000 000 – 250 000 000)
1 100 000 000
8. Soliq stavkasi 15 %
9. Foyda solig’i summasi 165 000 000
Bu holatda soliq bo’yicha yuzaga kelgan ko’shimcha majburiyat summasi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
D 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar” 202 500 000
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz” 165 000 000
K 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar” 37 500 000
Bu holatda foyda solig’i bo’yicha tan olingan xarajatlarning bir qismi (37 500 000 so’m)ni to’lash muddati uzaytirilmoqda. Bu summa korxona balansining joriy yoki uzoq muddatli majburiyatlar bo’limiga tegishli bo’lgan “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i bo’yicha majburiyatlar” deb nomlangan moddasida aks ettiriladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin