Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə295/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Soliq stavkalari. Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlar bo’yicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutloq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori O’zRning Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Soliq davri. Kalendar yil soliq davridir.
Yerga soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Yer solig’i bo’yicha)”.
Byudjetga foyda solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Yer solig’i bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi Soliq kodeksini XVII bo’limida belgilangan.
Soliq to’lovchilar. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zR hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
- O’zRning yuridik shaxslari;
- faoliyatini O’zRda doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O’zRning norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- dehqon xo’jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv etkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o’z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to’lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq solish ob’ekti. Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti bo’lmaydi:
- notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;
- sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog’ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
- atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
- shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
- gidroelektrostantsiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;
- issiqlik elektr stantsiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;
- qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sho’rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho’rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin