Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moliyaviy hisobotlar orasidagi bog’liqlik



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə304/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Moliyaviy hisobotlar orasidagi bog’liqlik.
Buxgalteriya balansi moddalari va bo’limlari o’rtasidagi bog’liqlik. Aytib o’tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag’lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko’rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog’liqligini va o’zaro teng bo’lishi kerakligini anglatadi.
Buxgalteriya balansi moddalarining umumiy ichki o’zaro bog’liqligini ko’rib chiqamiz:
1. Balans aktiviniig barcha bo’limlari summasi uning passivi barcha bo’limlari summasiga teng:
1BA + 2BA = 1BP + 2BP
Korxonalar mablag’ining bir xil summasi ikki ko’rinishda: tarkibiga va joylashuviga ko’ra, shuningdek yuzaga kelish manbalari bo’yicha ko’rsatiladi.
Tarkibiga ko’ra - korxona mablag’larini tashkil etgan qismlar, ya’ni asosiy vositalar, tovar zahiralari, pul mablag’lari va shu kabilarning jamuljamini anglatadi.
Mablag’larnipg joylashuviga ko’ra - mablag’larning qayerda: asosiy vositalar, aylanma vositalar, kassa, hisob-kitob hisobvarag’ida va shu kabilarda joylashganligini ko’rsatadi.
Mablag’larning har bir summasi (asosiy vositalar, tovar zahiralari, naqd pullar) o’z yuzaga keladigan manbalariga (mazkur korxona muassislarining o’z mablag’lari, jismoniy va yuridik shaxslardan (banklardan) olingan qarzlar) ega.
2. O’z mablag’lari summasi, odatda, uzoq muddatli aktivlar summasidan ortiq bo’lishi kerak:
1BP > 1BA
Korxonaning o’z mablag’laridan asosiy vositalar sotib olish va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar joylash maqsadida, qolgan qismidan esa - aylanma mablag’larni (ishlab chiqarish zahiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari va sh.k.) qoplash uchun foydalaniladi. O’z mablag’larining uzoq muddatli aktivlardan kam ekanligi korxona aylanmadan tashqari aktivlarni qoplash uchun qarz olingan mablag’ summasidan foydalanilganidan dalolat beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g’ayritabiiy holat deb qaralib, odatda, korxona to’lovga qodir emas deb topiladi.
3. Aylanma aktivlarning umumiy summasi, ya’ni tovar zahiralari, sarf-xarajatlar, pul mablag’lari, hisob-kitoblarga qo’shilgan mablag’i majburiyatlarning umumiy summasidan ortiq bo’lishi lozim:
2BA > 2BP
Aylanma vositalarning katta qismi, odatda, qarz olingan mablag’lar emas, balki o’z mablag’lari hisobiga qoplanishi shart.
Agar majburiyatlar summasi (2BP) aylanma aktivlar summasidan ortsa, bu aylanma mablag’larning barcha summasi qarz olingan mablag’lar hisobiga shakllanganligini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday korxona to’lovga qodir emas va iqtisodiy jihatdan nochor deb hisoblanadi.
4. Uzoq muddatli majburiyatlar uzoq muddatli aktivlardan ortmasligi kerak:
UMM < 1BA
Buni uzoq muddatli aktivlarning birinchi navbatda o’z mablag’lari hisobiga shakllanish bilan izohlash mumkin. Uzoq muddatli kredit va qarzlardan asosiy vositalar, kapital va uzoq muddatli qo’yilmalarni investitsiyalash uchun foydalaniladi. Ular shuningdek, aylanma aktivlarda (tovar zahiralarini xarid qilish, pul mablag’larni yaratish va h.k.) ishlatiladi.
5. O’z aylanma mablag’lari o’z mablag’lari manbalaridan kichik bo’lishi shart, chunki o’z aylanma mablag’lar korxona o’z mablag’ining bir qismidir.
6. Aylanma aktivlar aylanmadagi o’z mablag’lari va qisqa muddatli kredit va qarzlar, shuningdek aylanma vositalarni to’ldirishga yo’llangan uzoq muddatli kredit va qarzlar yig’indisiga teng bo’lishi shart. Bu hol aylanma aktivlar (aylanma mablag’lar) korxonaning o’z mablag’laridan, aylanma vositaga yo’nalgan qisqa muddatli qarzlardan iborat ekanligi bilan izohlanadi.
Moddalarning ushbu bog’liqligi ham buxgalteriya balansi yakunlari summasining o’zgarishlarini belgilaydi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin