Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-chizma. Investitsiya xarajatlari va ularni investitsiya loyihasining



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə359/524
tarix11.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#131837
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   524
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

13.11-chizma. Investitsiya xarajatlari va ularni investitsiya loyihasining
turli bosqichlarda keltirilgan daromadining o’zgarishi

Keltirilgan chizmaning quyi qismida loyihani amalga oshirish jarayonida sarflanadigan investitsiya zahiralari hajmi, yuqori qismida esa loyihaga kapital sarflashdan olingan daromad (foyda)ning o’zgarishi tasvirlangan.


Investitsiya jarayonining dastlabki fazasida loyihani iqtisodiy va texnik jihatdan asoslash bo’yicha tadqiqotlar o’tkaziladi, ya’ni, loyiha iqtisodiy, texnik va texnologik jihatdan qayta ishlanadi. Bu faza loyihani boshlang’ich hujjatlarini ishlab chiqish bilan yakunlanadi.
Investitsiya oldi (dastlabki) fazasi investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Mazkur faza investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki izlanishlardan boshlab uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilingungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Investitsiya jarayonining ikkinchi fazasi investitsiya fazasi deb ataladi. Bu fazaning asosiy vazifasi loyihaga ajratilgan moliyaviy investitsiyalarni to’g’ri sarflanishini hamda loyihada belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni va samaradorligini ta’minlashdir.
Investitsiya fazasida imoratlar va inshootlarni ta’mirlash ishlari bajariladi, jihozlar sotib olinadi va o’rnatiladi, ishlab chiqarish infratuzilmasi shakllantiriladi, undan keyin mahsulotni turkumli ishlab chiqarish va sotishga o’tiladi.
Investitsiya fazasi tugab, loyiha amalga oshirila boshlagach, investitsiya xarajatlari hajmi kamayib boradi. Investitsiya loyihasi keltiradigan daromad hajmi esa ortadi, chunki u asta-sekin o’z samarasini bera boshlaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, sotish hajmini ko’paytirishga imkon beradi.
Loyihaning bu tariqa rivoji uning foydalanish, deb ataluvchi uchinchi fazasida davom etadi. Uchinchi fazada ishlab chiqarish hajmini saqlab turish va ko’paytirish uchun asosiy vositalarning eskirishi orqali jamg’arilgan manbadan ham foydalaniladi. Unda mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadning investitsiya xarajatlaridan oshishi kuzatiladi. Natijada t1 vaqtda daromadning umumiy summasi loyihaga qo’yilgan kapital qo’yilma qiymatiga teng bo’ladi va loyihani qoplash nuqtasiga etadi.
Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida uni moliyaviy jihatdan baholanadi. Buning uchun loyihani qoplash darajasi, investitsiyalar samaradorligi kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi.
Korxonalar faoliyatida investitsiya manbalarining etishmasligi doimo ulardan oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Agar investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya hajmi etarli bo’lsa, korxona sarflangan investitsiyadan, investitsiya zahirasining har bir birligidan ehtimolda kutilgan eng ko’p iqtisodiy samara olishga harakat qilinadi.
Korxonada investitsiyalar samaradorligini baholash "iqtisodiy samara" va "iqtisodiy samaradorlik" atamalarining farqli jihatlarini o’rganishga bevosita bog’liq.
Iqtisodiy samara investitsiyalash, kapital xarajatlash hisobiga erishiladigan natija bo’lib, quyidagi tenglik orqali aniqlanadi:


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin